Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va mehnat muhofazasi bo’yicha samarali natijaga erishish borasidagi say- harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish



Yüklə 47,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü47,56 Kb.
#193658
  1   2   3
ishlab-chiqarishdagi-baxtsiz-xodisalar-va-mehnat-muhofazasi-bo-yicha-samarali-natijaga-erishish-borasidagi-sayharakatlarni-yanada-maqsadli-tashkil-etish



Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va mehnat muhofazasi 
bo’yicha samarali natijaga erishish borasidagi say-
harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish 
 
Shakhriddin Gulomovich Musayev 
musa.shakhriddin@mail.ru 
Munira Akmal qizi Hamroyeva 
munira.hamroyeva@bk.ru 
Toshkent davlat transport universiteti
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Xalqaro mehnat tashkiloti va Oʻzbekiston 
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-2022 yil 
oraligʻida hisobga olingan oʻlim va kasbiy kasalliklar toʻgʻrisidagi statistik 
ma’lumotlar va mehnat muhofazasi boʻyicha samarali natijaga erishish va bu boradagi 
say-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun chora-tadbirlarni amalga oshirish 
tadbirlari sanab oʻtilgan. 
Kalit soʻzlar: 
International Labor Organization, baxtsiz hodisalar, mehnat, 
muhofaza qilish, mehnat inspeksiyasi, inson hayoti.
 
More targeted organization of efforts to achieve effective 
results in terms of industrial accidents and labor protection 
Shakhridin Gulomovich Musayev 
musa.shakhriddin@mail.ru 
Munira Akmal kizi Hamroyeva 
munira.hamroyeva@bk.ru 
Tashkent State Transport University 
Abstract:
This article provides statistical data on mortality and occupational 
diseases, taken into account by the International Labor Organization and the Ministry 
of Employment and Labor Relations of the Republic of Uzbekistan for the period 2019-
2022. and the achievement of an effective result on labor protection and lists the 
measures for the implementation of measures for a more targeted organization of 
efforts in this direction. 
Keywords:
International Labor Organization, accidents, labor, protection, labor 
inspection, human life. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1141


Kirish. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni Oʻzbekistonda «Insonga e’tibor va 
sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilgan. «Inson qadrini ulugʻlash - yurtimizda yashayotgan 
har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. 
Konstitutsiyasiyamizning 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”[1]. 
Qaysi sohada boʻlmasin inson hayoti va uning qadr-qimmati har narsadan ustun 
turadi. Bu esa, avvalo, ish joylarida yaratilayotgan mehnat muhofazasi bilan bogʻliq. 
Ayniqsa, ishlab chiqarish tarmoqlari, sanoat korxonalari va qurilish joylarida mehnat 
muhofazasiga rioya etish oʻta muhim hisoblanadi. Afsuski, oʻtkazilgan maxsus 
tekshiruv natijalari hududlarda bu borada jiddiy kamchiliklar mavjudligini 
koʻrsatmoqda. 
ILO (International Labor Organization) hisob - kitoblariga koʻra, har yili 
taxminan 2,3 million erkak va ayol ish joyidagi baxtsiz hodisalar yoki ish bilan bogʻliq 
kasalliklar natijasida vafot etadi-har kuni oʻrtacha 6000 kishi. Dunyo boʻylab har yili 
taxminan 340 million ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va 160 million kasb 
kasalliklari qurbonlari qayd etiladi[2]. ILO ushbu ma’lumotlarni muntazam ravishda 
yangilab turadi, ularning oʻzgarishi baxtsiz hodisalar sonining koʻpayishi va 
sogʻligʻining yomonlashishini koʻrsatadi. 
MDH mamlakatlari uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning uslubiy 
jihatdan hisoblangan soni 11000 tani tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 5 850 ta holat 
qayd etilgan. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shu jumladan XMT tomonidan olingan 
oʻlim va kasbiy kasalliklar toʻgʻrisidagi statistik ma’lumotlar shuni koʻrsatadiki: 
- Ishchilar orasida eng katta oʻlim ish bilan bogʻliq kasalliklardan kelib chiqadi. 
Yiliga 651,279 kishining oʻlimiga faqat zararli moddalar sabab boʻladi. 
- Qurilish sanoatida hisobga olingan baxtsiz hodisalarning nomutanosib yuqori 
darajasi qayd etilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat 
mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha 2018-yil misolida 
olib qaralsa, Respublika boʻyicha yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa 
yuz bergan, shulardan 164 tasi oʻlim bilan tugagan, 364 tasi oqibati ogʻir va 26 tasi 
guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan. Ushbu baxtsiz hodisalar oqibatida 183 nafar 
xodim halok boʻlgan, 428 nafari ogʻir va 47 nafari yengil tan jarohati olgan[4]. 
Oʻzbekistonda 2020-yilda koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ishlab 
chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar oshgan. Bu haqda Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining hisobotida keltirib oʻtilgan. 
Inspeksiya ma’lumotlariga koʻra, 2020-yil davomida respublikada ushbu koʻrsatkich 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1142


607 tani (107 taga koʻpaygan) tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda ishlab chiqarish bilan 
bogʻliq baxtsiz hodisalar 500 ta boʻlgan. Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim 
jabrlangan. Shundan 201 nafar xodim halok boʻlgan, 457 nafari ogʻir va 35 nafari 
yengil tan jarohati olgan[5]. 
Tarmoqlar kesimida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar: 
Sanoatda - 101 ta. Oqibatda 23 nafar xodim vafot etgan va 80 nafari ogʻir tan 
jarohati olgan; 7 
Qurilishda - 82 ta. Oqibatda 31 nafar xodim vafot etgan va 51 nafari ogʻir tan 
jarohati olgan; 
Qishloq xoʻjaligida - 18 ta. Oqibatda 12 nafar xodim vafot etgan va 15 nafari ogʻir 
tan jarohati olgan. 
Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 4014 ta aniqlangan (1-
rsm) kamchilik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan 566 ta yozma koʻrsatma 
berilgan. 
1-rasm. 2018-2022-yillarda sodir boʻlgan Oʻzbekistondagi baxtsiz xodisalar ulushi. 
Qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygani uchun 403 nafar mansabdorga nisbatan 
4,149 milliard soʻm miqdorida ma’muriy jarimalar qoʻllanilgan. 63 ta holatda 
inspektorlarning tegishli xulosalari asosida aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka 
tortilgan. 
Respublika boʻyicha kasb kasalligi hisobida turgan bemorlar soni 2019-yil 4716 
kishini, 2020-yilda esa 4759 kishini tashkil etgan. 2020 yilda kasb kasalligi aniqlangan 
43 nafar bemorning 40 nafari sanoatga toʻgʻri kelgan[6]. 
Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ish beruvchilarga mehnat toʻgʻrisidagi 
qonunchilik hujjatlarini qoʻllanilishi yuzasidan jami 7065 ta targʻibot tadbirlari 
oʻtkazildi. Shundan 1371 ta ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan, 4040 
ta ish beruvchilar bilan joylarda seminarlar oʻtkazildi, 1683 marotaba ishonch telefon 
orqali tushuntirishlar berildi. 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil yanvar-mart 
oylarida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. 
Qayd etilishicha, vazirlik hisobot davrida 5 972 ta korxonalarda nazorat tadbirlari 
oʻtkazgan boʻlib, unda jami 11 315 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonun 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1143


buzilishlar yuzasidan tegishli tartibda ish beruvchilarga yozma koʻrsatmalar va 
taqdimnomalar kiritilgan. 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 864,6 mln. soʻm 
miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan. 
Shuningdek, vazirlik mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga 
rioya etilmasligi natijasida baxtsiz hodisalar soni hamda kasb kasalliklari soni ortib 
borayotgani, jumladan, Respublika boʻyicha joriy yilning 3 oyi davomida ishlab 
chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisalardan 26 tasi (19 foizi) oʻlim, 97 tasi (73 
foizi) oqibati ogʻir va 9 tasi (6,8 foizi) guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgani haqida 
maʼlum qilgan[3]. 
Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok boʻlgan, 104 nafar 
xodim ogʻir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan. 
“Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 776 ta aniqlangan 
kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan 115 ta yozma koʻrsatmalar berildi 
hamda qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi uchun 110 nafar mansabdor 
shaxslarga nisbatan 223 mln. soʻmlik maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi”, - deyiladi 
maʼlumotda. 
Bundan tashqari: 
- 1 259 ta ish haqini belgilangan muddatlarda toʻlab bermaslik; 
- 1 027 ta taʼtillar berish tartibiga rioya etmaslik; 
- 657 ta aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish; 
- 654 tasi mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan 
foydalanish; 
- 352 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish; 
- 341 ta noqonuniy ishdan boʻshatish holatlari hamda boshqa turdagi qonun 
buzilish holatlari aniqlangan. 
Qonun buzilishlar sohalar boʻyicha tahlil qilinganda qonun buzilishlarning eng 
koʻpi xalq taʼlimi tizimi (2 734 ta - 45 foiz), maktabgacha taʼlim tashkilotlari (1 437 ta 
- 24 foiz), qishloq xoʻjaligi (1 051 ta - 17 foizi) hamda SSV tizimi (808 ta - 13 foizi)da 
kuzatilgan. 

Yüklə 47,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin