1.2.3. 60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik fa’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: - tashkiliy-boshqaruv.
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish;
- axborot - tahliliy faoliyat;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- loyiha-texnologik faoliyat;
- texnologik-ishlab chiqarish.
- tadbirkorlik
1.2.4. 60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlam ing kasbiy vazifalari. 60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy
malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari,
ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga
qodir bo‘lishi lozim:
Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: - sabzavotchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va faoliyatini strategik rivojlantirishda
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali boshqarish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat
resurslarini rejalashtirish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish;
- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va
amalga oshirilgan ishlaming natijalarini baholash;
- sabzavotchilik xo‘jaligini tashkiliy-boshqaruv faoliyatida qabul qilinadigan qarorlarni
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida ishlab chiqish hamda boshqaruv qarorlarini
qabul qilish;
- zamonaviy axborot texnologiyalar tizimlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish
jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish;
- xizmat ko‘rsatish sohasida meyoriy- huquqiy hujjatlardan foydalana olish;
- sabzavot, poliz va kartoshka maxsulotlarini yetishtirish bo‘yicha servis xizmati
ko‘rsatish;
-sabzavotchilik xo‘jaliklari maydonini kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirish maksadida investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini qo‘llash, innovatsion
loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish..