Ishlanmalari


Ta’limiy faoliyatning borishi



Yüklə 84,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix25.12.2023
ölçüsü84,41 Kb.
#196233
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kichik-guruh-Nutq-ostirish-faoliyat-ishlanmalari

Ta’limiy faoliyatning borishi 
Tarbiyachi: 
- Bolajonlar, bugungi ta‟limiy faoliyatimizni sevimli 
shoirimiz Anvar Obidjonning “Vatan” she‟rini o„qish bilan boshlayman. 
VATAN 
Anvar Obidjon 
-
Senga bitta savol bor, 
Menga quloq sol, hoy qush. 
Vayronada yashaysan, 
Noming esa naq Boyqush, 
Ayt-chi, nahot sen boysan? 
-
Asl boylik neligin 
Tushunmaysan chamasi. 
Bu vayrona bo„lsa ham, 
O„zimniki hammasi, 
Shuning uchun men boy man! 
Tarbiyachi: 
- Bolajonlar, nima uchun qushcha o„zini boy deb 
o„ylarkan? 
1-
 
bola: 
- Chunki u o„z vatanida yashayapti. Bobomning 
aytishlaricha, har bir odam o„z vatanida yashasa undan boy odam 
bo„lmas ekan. 
Tarbiyachi: 
- Balli, bolajon. Darhaqiqat, har bir inson uchun ona 
Vatanidan azizroq go„sha yo„q. Shuning uchun keksalar doim duo 
qilganlarida Vatan tinchli- 



gini, yurt xotirjamligini so„raydilar. Uyga borganingizda kayfiyatingiz 
ko„tariladi, sevimli xonadoningizda o„zingizni erkin sezasiz. Uyga 
bo„lgan mehringizni ona Vatanga bo„lgan mehringiz deyishimiz 
mumkin. Endi diqqatingizni monitorga qa- rating. 
(Monitorda “O„zbekiston” deb yozilgan yozuv va O„zbekistonning 
xaritasi tas- virlangan surat ko„rsatiladi.) 
Tarbiyachi: 
- Bolajonlar, bizning yurtimiz - O„zbekiston, uning 
poytaxti esa Toshkent shahri hisoblanadi. Endi monitorga qarang. 
Birinchi suratdagi bino Amir Temur muzeyi. U poytaxtimizning 
diqqatga sazovor joylaridan sanaladi. Muzeyda buyuk bobomiz Amir 
Temur davlatiga oid juda ko„p qiziqarli eksponatlar bor. Bu yerga 
nafaqat respublikamizdan, balki chet ellardan ham mehmonlar keladi. 
Ikkinchi suratda esa Toshkent siti majmuasi tasvirlangan. Bu 
majmua o„zin- ing ajoyib dizayni bilan hammani lol qoldiradi. Daraxt 
va butulardan yasalgan ot, mashinalar sizga ham yoqadi. 
Uchinchi suratda esa Xalqlar do„stligi saroyini ko„rib turibsiz. 
Saroyga bir vaqt- ning o„zida to„rt ming nafar tomoshabin sig„adi. 
Bu kabi chiroyli binolar hamma viloyatlar, shaharlarda ham 
qurilyapti. Bolalar, aytinglar-chi, binolarni kim quradi? 

Yüklə 84,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin