gini, yurt xotirjamligini so„raydilar. Uyga borganingizda kayfiyatingiz
ko„tariladi, sevimli xonadoningizda o„zingizni erkin sezasiz. Uyga
bo„lgan mehringizni ona Vatanga bo„lgan mehringiz deyishimiz
mumkin. Endi diqqatingizni monitorga qa- rating.
(Monitorda “O„zbekiston” deb yozilgan yozuv va O„zbekistonning
xaritasi tas- virlangan surat ko„rsatiladi.)
Tarbiyachi:
- Bolajonlar, bizning yurtimiz - O„zbekiston, uning
poytaxti esa Toshkent shahri hisoblanadi. Endi monitorga qarang.
Birinchi suratdagi bino Amir Temur muzeyi. U poytaxtimizning
diqqatga sazovor joylaridan sanaladi. Muzeyda buyuk bobomiz Amir
Temur davlatiga oid juda ko„p qiziqarli eksponatlar bor. Bu yerga
nafaqat respublikamizdan, balki chet ellardan ham mehmonlar keladi.
Ikkinchi suratda esa Toshkent siti majmuasi tasvirlangan. Bu
majmua o„zin- ing ajoyib dizayni bilan hammani lol qoldiradi. Daraxt
va butulardan yasalgan ot, mashinalar sizga ham yoqadi.
Uchinchi suratda esa Xalqlar do„stligi saroyini ko„rib turibsiz.
Saroyga bir vaqt- ning o„zida to„rt ming nafar tomoshabin sig„adi.
Bu kabi chiroyli binolar hamma viloyatlar, shaharlarda ham
qurilyapti. Bolalar, aytinglar-chi, binolarni kim quradi?
Dostları ilə paylaş: