5- bola: - Mening do„stim ayiq, u asal yeydi.
6- bola: - Mening do„stim mushukvoy, u sut ichadi.
7- bola: - Mening do„stim xo„roz, u don-dun bilan oziqlanadi.
8- bola: - Mening do„stim jirafa, u o„tlar bilan oziqlanadi.
9- bola: - Mening do„stim oq quyon, u ham o„t, meva yeydi.
Tarbiyachi: - Barakalla. Do„stingiz nima yeyishini juda to„g„ri
aytdingiz. Endi ertak tinglang.
Bir uyda chol va kampir, kichkina bola va mushukcha yasharkan.
Oiladagilar- ning hammasi mushukchani yaxshi ko„rishar va erkalatishar
ekan. Bir kuni uy egalari mehmonga ketayotib, derazani yopishni
unutishibdi. Ochiq deraza tok- chasida o„tirgan mushukka ko„chadagi
voqealar qiziq tuyulibdi. Ayniqsa, hovlida o„ynab yurgan qarg„a mushukka
yoqibdi. Lip etib qarg„aning oldiga sakragan ekan, u uchib ketibdi. Bir o„zi
qolgan mushuk u yoqqa o„tibdi, bu yoqqa o„tibdi. Bu orada qorong„i
tushib, kun sovibdi. Lekin uy egalari qaytishmabdi. Qo„shni ayol muzlab
qolgan mushukni va uyiga olib kiribdi.
Ayolning Asal ismli kichkina qizchasi bor ekan. Asal mushuk bilan
o„ynashni xohlabdi. Mushukning boshiga uribdi, dumidan tortibdi.
Shunday qilsam mushukka yoqadi deb o„ylabdi-da. Bechora mushuk
zorlanib miyovlabdi.
7
veb-saytimiz: Zokirjon.com Zokirjon. com. veb-sayiti orqali o‘zingiz uchun kerakli hujjatlarni yuklab oling. Bizning hizmatimizdan foydalanib qulay imkoniyatga ega bo‘ling. Hujjat Word variantda beriladi.