boshlang ich sinflarda tabiiy fanlarni o tishda amaliy ishlarni
www.scientificprogress.uz
Page 1064
umumlashtirib, ularni hayotiy jarayonlardan ajralishga yol qoymaydi.
2.
Amaliyot bilishning buyurtmasi, ilovasi va maqsadi hamdir.
3.
Amaliyot bilish jarayoninig haqiqiy ekanligini ko’rsatuvchi mezondir.
Tabiatshunoslikdagi amaliyot ilmiy ishlab chiqarishning asosiy omili bolib
kelmoqda. Amaliyot nazariyani paydo bo’lishiga, ilmiy shakllanishiga va rivojlanishiga
olib keladi.
Bilishning aniqligi muayyan obekt haqidagi ma’lumotning haqiqat ekanligi bilan
tasdiqlanadi. Ayni paytda, sharoit boshqacha bo’lsa, haqiqat ham boshqacha bolishi
mumkin. Masalan, oddiy sharoit va bosimda suv 100
o
C da qaynaydi. Lekin bosim
o’zgarsa yoki og’ir suv bolsa, u aniq -konkret hisoblanadi.
Ma’lum tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay o’zgarishi mumkin.
G’oyaning amaliyotda tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy
ishlarga o’rgatish boshlang’ich sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir.
Amaliy uslublar o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan,
o’quvchilar fikrini rivojlantirishga mo’ljallagan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning
o’zaro murakkab bog’lanishida bo’lishini ko’rsatadi.
Amaliy uslublar qo’llanilishi o’quvchilar retseptorlari va effektorlarining jadal
faoliyati bilan bog’liq. Amaliy uslublar o’rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga,
ko’nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo’llashga
o’quvchilar faoliyatining o’zi, bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga
og’zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat
burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan mashg’ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga [2]:
1.
Oquvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi.
2.
Rasm chizishi.
3.
Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlari.
4.
Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari.
5.
Tajriba o’tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo’yilgan savol, muammo, masalaga o’quvchilar
uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi
bo’lib, tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish
xususiyatlarini o’rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o’quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Farq qilish va aniqlash bo’yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o’qituvchi tabiatga
uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o’simliklarni topish va to’plashni, namunalar
yig’ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini,
o’zgaruvchanlikni o’quvchilarning o’zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi
kerak. Osimliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo’yicha ishlarni o’quvchilar uy