MUHOKAMA VA NATIJALAR So`z tilning ma`no bildiradigan asosiy birligidir. So`z va so`z birikmasi aniq
narsalarni, mavhum tushunchalarni hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo`lgan
barchaso`z va iboralarning yig`indisi lug`lat tarkibi yoki leksiko deyiladi.
Leksikologiya o`zbek tilining lug`at tarkibini o`rganadigan bo`limdir. Leksikologiya
lug`at tarkibidagi so`zlarning nutqda ma`no ifodalash xususiyati, qo`llanish faolligi,
boyib borishi, ba`zi so`zlarning eskirib, iste`moldan chiqib ketishi, ma`no ko`chish
hodisasi kabilarni o`rganadi. Shu sababli ham leksikologiya lug`at ustida ihlash
metodlarining lingvistik asosi hisoblanadi. Kishining lug`at boyligi qanchalik boy va
rivojlangan bo`lsa, uning nutq ham shunchalik boy bo`ladi, o`z fikrini aniq va ifodali
bayon etishga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug`atning boyligi, xilma-
xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o`stirishning muhim sharti
hisoblanadi. O`quvchi lug`atining boyishiga birinchi navbatda, uni o`rab ilgan muhit,
tabiat, kishilarning hayoti, o`qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo`lgan
muloqotlari asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan
munosabatda bo`lishi natijasida so`z, ibora, tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so`zlarni
o`rganadi, ularni o`z so`zlariga aylantiradi.
Boshlang`ich ta`limda lug`at ustida ishlashning umumiy yo`l- yo`riqlari,
yo`nalishlari, manbalari haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo`lsa-da, ularni
hali qoniqarli ahvolda deb bo`lmaydi. Lug`atlar ustida ishlash uchun maxsus darslar
ajratilmaydi. O`quvchilar barcha predmetlarni o`rganishda, asosan, ona tili va o`qish