«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Bu omillar ichki bozorga mahsulot sotishda ham muhim omil hisoblanadi. Aks
holda qayta ishlovchi faqat ombor uchun mahsulot ishlab chiqaradi va kutgan
natijasiga erishmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov
berish xom-ashyoning isrofgarchiligini ogohlantirish va to’xtatish hamda
ulardan ko’p miqdorda sifatli mahsulot olish hisoblanadi. Texnologiya xom-
ashyodan unumli foydalanishni, shuningdek uni qayta ishlagandan keyin
chiqqan chiqitlardan o’simlikshunoslik va chorvachilikni rivojlantirishda
foydalanishni o’rgatadi. Qishloq xo’jalik mutaxassislari o’zi yetishtirgan
mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishini bilishi shart. Bu ishni bilish barcha
mutaxassis uchun yuqori va sifatli hosil olishda xizmat qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy
tadbirlarni qo’llaganda agrosanoat majmui bir yaxlit tashkilot singari
boshqarilishi, rejalashtirilishi va iqtisodiy ta’minlanishi kerak. Majmuining
barcha bo’g’inlarida agrar ishlab chiqarish birlashmalariga o’rnini oshirish
hamda aholini oziq-ovqat bilan muntazam ta’minlashda ma’suliyatni chuqur his
qildirish. Agrosanoat tarkibida barcha sohalar bilan qishloq xo’jaligi fani
o’rtasida aloqalarni kuchaytirish xo’jaliklarning qayta ishlash korxonlalaro,
savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni
rivojlantirish. Tayyorlov idoralari va xo’jaliklar o’rtasida tuzilgan
shartnomalarni bajarishda o’zaro ma’suliyatni oshirish. Ishlab chiqarish
jarayonida va realizasiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash hamda
isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik. Qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni
takomillashtirish hamda xom-ashyo bazasiga yaqinlashtirish. Yuqori sur’at bilan
yangi sovutgichlar texnikasini qo’llash va rivojlantirish. Mahsulotlarni tashish va
saqlash uchun agrosanoat majmuini refrijerator transporti va konteynerlar bilan
to’liq ta’minlash. Xo’jaliklarda keng ko’lamda nonvoyxonalar, sabzavotlarni
tuzlash punktlari, turli xil konservalar tayyorlaydigan kichik va o’rta korxonalar,
meva va uzumlarni quritish maydonchalari tashkil etilayapti. Don va boshqa
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash uni saqlash bilan uzviy
chambarchas bog’langandir. Korxonalarni muntazam , yarim fabrikatlar va
tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlar bo’lishi shart.
Inson qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon
uni saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanib keladi. Etishtirilgan mahsulotni
nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli
foydalanish qadimdan inson ehtiyojlarining asosiylaridan biri bo’lgan.
Кo’chmanchi halqlar yig’ilgan meva urug’larni saqlash uchun maxsus erto’lalar
ko’rishgan. Qabilalar o’troq bo’lib yashay boshlagan paytda ortiqcha
mahsulotlarni saqlash, shuningdek zararkunandalardan asrashni o’rgana
boshlashgan. Mamlakatimizni turli hududlarida olib borilgan arxeologik