`
554
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
QISHLOQ XO`JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA
ISHLASHNING USTUVORLIGI
Erqulov Husniddin Xayrulla oʻgʻli
1
1
Toshkent davlat agrar universiteti 4-kurs talabasi
+998945723443
Omonboyev Diyorbek Orif oʻgʻli
2
2
Toshkent davlat agrar universiteti 2-kurs talabasi
+998993046343
Payg‘ambarov Bahodir Rashidjon o‘g‘li
3
3
Toshkent davlat agrar universiteti 2-kurs talabasi
+998901661937
https://doi.org/10.5281/zenodo.7215169
Annotatsiya
: Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali xalq xoʻjaligi
samaradorligini oshirish va hayot faoliyatini yaxshilash,
mahsulot tannarxini
pasaytirish yoki yanada koʻproq daromad olish va yil davomida ushbu mahsulot
bilan bozorni ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini zamonaviylashtirishdan
iborat.
Kalit soʻzlar:
konservatsiya, qadoqlash, texnologiya, Agrosanoat, refrijerator
transporti, yarim fabrika,
suv tegirmoni;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavot
mahsulotlarini
qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqaruvchi (fermer xo‘jaligi) uchun
qo‘shimcha barqaror daromad manbai yaratiladi. Mahsulotni qayta ishlash
orqali unga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi, ya’ni mahsulotning qiymati ortib
boradi.
Mahsulotni qayta
ishlash darajasi turlicha, ya’ni dastlabki qayta ishlash yoki
chuqur qayta ishlash bo‘lishi mumkin. Dastlabki qayta ishlashga quritish kabi
oddiy amaliyotlar kirsa, chuqur qayta ishlash mahsulotga bir necha bosqichlarda
ishlov berish, ya’ni konsyervatsiya qilish, sharbat olish, qadoqlash kabi
Amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
Qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan xo‘jalik
yoki tadbirkorlar,
avvalo, o‘z atrofida xomashyo bazasining yetarli bo‘lishiga va mavjud xomashyo
hajmidan kelib chiqqan holda xarid qilib, o‘rnatiladigan qayta ishlash
uskunasining quvvatini to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi.
Yana bir asosiy jihat ishlab chiqarilgan mahsulot uchun bozor masalasidir. Ya’ni,
ishlab chiqarilgan mahsulot tashqi bozorda sotiladimi (eksport),
ichki bozorda
sotiladimi, buni aniq rejalashtirish kerak.
Agar ishlab chiqariladigan mahsulot eksport qilinadigan bo‘lsa, sotib
oluvchi davlatning standart talablariga to‘liq javob berishi,
shuningdek,
mahsulot ham narx jihatdan, ham sifat jihatdan raqobatbardosh bo‘lishi lozim.