Matematika kursini o„rganish natijasida boshlang„ich sinf o„quvchilari jadval
va diagrammalar bilan ishlash jarayonida matematik faoliyat uchun muhim bo„lgan
ko„nikmalarni
egallaydilar.
Bunda
o„quvchilar ma‟lumotlar: jadval va
diagrammalardan kerakli ma‟lumotlarni
ajratib olishni, tayyor shakllarni
to„ldirishni, ma‟lumotlarni tushuntirishni, solishtirishni va umumlashtirishni,
xulosalar va tahminlarni tuzishni o„rgana oladi.
Ikkinchi sinfda bolalar jadval va diagrammalar
bilan ishlashni davom
ettirishlari lozim. Ular matnli ma‟lumotlarni sxema, grafik, chizma va belgi-ramziy
modellar ko„rinishida ifodalaydi. Belgi-ramziy modellar (sonli ifodalar, tenglik,
tengsizlik) diagrammadagi tasvirlari bilan qanday bog„liqlik borligini va har bir
Ma‟lumot nimani anglatishini tushuntirib beradi. Ma‟lumotga mos keladigan
sxema tanlaydi va uni tuzadi. Darsliklarda siz vazifalarni topishingiz mumkin:
"Jadvaldagi ma‟lumotlardan foydalanib, savollarga javob bering", "Sxema asosida
masala tuzing" va boshqalar.
3-sinfda jadvallar va sxemalar bilan ishlashga
diagrammalar bilan ishlash
qo'shiladi. O„quvchilar: matn va ustunli diagrammadagi ma‟lumotlarni o„qish,
solishtirish, og'zaki va grafik tarzda taqdim etilgan ma‟lumotdan bir xilini tanib
olish, topshiriq savollariga javob berishda berilgan ma‟lumotlardan foydalanishni
o„rganadilar.
4-sinf o„quvchilari matnli ma‟lumotlarni modellashtiradi (jadvallar, sxemalar,
belgi-ramziy modellar, diagrammalar); mavzuga oid
vaziyatlarini tahlil qilish,
masala matnidagi ma‟lumotlarni jadval, sxema yoki chizma shaklida tasvirlay
oladi.
To„plam elementlarini sanashni boshlash uchun, bolalar avval uni ko„rishni,
va ularni farqlay olishni o„rganishlari kerak.
Shuning uchun o„quvchilarga predmetlarni guruhlashni va ularni nomlashni
o„rgatish, ya‟ni umumiy xususiyatlarga ko„ra buyumlar (qizil
buyumlar, katta,
shisha va boshqalar) haqidagi ma‟lumotlarni tasniflashni o„rgatish lozim.
Ma‟lumotni yozishning eng qulay va aniq shakllaridan biri jadval bo„lib,
uning har birida satr yoki ustuniga xususiyatlari (belgilari) o„xshash bo„lgan
predmetlar joylanadi.
Jadvallar kundalik hayot va barcha fan sohalarida keng qo'llaniladi, shuning
uchun o„quvchiga jadvaldan foydalanishni (ma‟lumotni o„qish va yozish) o„rgatish
juda muhimdir. Buning uchun birinchi navbatda o„quvchiga jadval satr va
ustunlardan iborat ekanligini aytish va sodda jadvallarlarga ma‟lumot qanday
yozilishini ko„rsatib berish lozim.
Masalan. Imron uy ko„rinishidagi jadvalni chizdi. Unda qanday shakllar bor?
Har bir "qavatga" qanday shakllar chizilgan? Har bir "binoga kirish" (podyezd) da-
chi?
Bu topshiriqda uy ko„rinishida
jadval berilgan, bolalar jadvalning satrlari va
ustunlarini ajratishni o„rganadilar. O„quvchilar ma‟lumotlarni idrok qilish qulayligi
uchun "qavat" va "binoga kirish" deb nomlanadi. O„quvchilar jadvalning satr va
ustunlardagi shakllar tuzilishidagi ketma-ketlik qoidasini aniqlaydilar. Chiziqlar
bilan chizilgan shakllarni ajratib ko„rsatadilar. Har bir "binoga kirish"da
umumiy
o„xshashlikka ega bo„lgan – shakllarni, har bir "qavat" da umumiy o„xshashlikka
ega bo„lgan – ranglarni ajratadilar. Shunday qilib, bolalar sodda jadvaldagi
ma‟lumotlarni o„qishni o„rganadilar.
Keyingi bosqichda ma‟lumotni jadvalga yozish vazifasi topshiriladi.
Masalan: Bexruzning chizgan rasmini ko„rib chiqing. Uy ko„rinishidagi
jadvalning har bir “xona”siga qanday shakllarni chizib chiqishi kerak?
Keyingi o„rinda, o„quvchilarga jadval va grafik ko„rinishida berilgan
ma‟lumotlarni o„qish va yozish uchun vazifalar taklif qilish tavsiya etiladi.
Birinchi sinfda o„quvchilar elementlarning soni bo„yicha
kichik guruhlar
(to'plamlar)ni taqqoslab, "ko„p", "kam", "teng", "bir xil" tushunchalari bilan
tanishadilar.
Ma‟lumki, bu tushunchalar orasidagi bog„liqlikni aniqlashni osonlashtirish
uchun ularni juftlarini topish tavsiya etiladi.
Masalan: Og„zaki
Rasmlardagi predmetlar sonini solishtiring.
Qaysi rasmda predmetlar soni tengligini aytib bering.
Predmetlar qaysi rasmda ko„proq, qaysi rasmda kamroqligini aytib bering.
O„quvchilar ma‟lumotlar bilan tanishishining
keyingi bosqichi quyidagi
tartibda davom etishi mumkin:
- chiziqli (doiraviy, ustunli) diagrammalar yordamida ko„rsatilgan
ma‟lumotlarni o„qish;
- matn asosida berilgan ma‟lumotlarni jadvalga yozish bilan bog'liq
vazifalarni bajarish;
- ma‟lumotlarni to'plash haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: