Yashil chiziq – Tog„ echkisining bo„yi uzunligini ko„rsatadi
va qizil chiziq
otning bo„yi uzunligini ko„rsatadi. Bu hayvonlarning bo„ylari
uzunligini
solishtiring.
Yana bir misol:
Ilonning massasi jigarrang chiziq bilan, mushukning massasi pushti rang bilan
ko„rsatilgan. Mushukning massasi ilondan necha marta kamligini ifodalang.
Sinfda 12 nafar o„g„il va bir nechta qiz bor. Bir katak bir nafar o„quvchini
bildiradi. Rasmdan ayting: o„g„il bolalar va qizlar soni qaysi rangda berilgan?
Sinfda necha nafar qizlar bor? Kim ko„proq: qizlarmi yoki o„g„il bolalarmi?
Necha nafarga ko„p?
Keyin biz chiziqlar yordamida ma‟lumotlarni yozishga o„tamiz (chiziqli
diagrammallar)
Qizil chiziq bilan kublar sonini ko„rsating. Ko„k rangdagi chiziq bilan doiralar
sonini ko„rsating. Silindrlar sonini yashil rangli chiziq bilan ko„rsating. (Bitta katak
– bitta figura.)
Doiraviy diagramma rangli qalamlar sonidan kelib chiqib tuzilgan.
Qaysi qalam eng ko„p? Qaysi qalam eng kam?
Qizil qalam qaysi qalamdan
ko„p, qaysi qalamdan kam? Yana qanday savollar tuzish mumkin? Aytib bering.
Dostları ilə paylaş: