Dam olish
joylari:
Uyda
Dala
hovlida
Mehmonda
Boshqa
joylarda
O„quvchilar
soni
Yakshanba kuni necha nafar o„quvchi eng ko„p dam olgan va necha nafar
o„quvchi eng kam dam olgan joyini ayting.
O‘quvchilarda ehtimollik tasavvurlarini shakllantirish.
Boshlang„ich sinf o„quvchilariga "tez-tez", "kamroq", "bo„lishi mumkin",
"bo„lishi mumkin emas", "tasodifan" kabi tushunchalar bilan bog„liq vazifalar
berilganda ularda ilmiy tahlilsiz tushunish ya‟ni ehtimolli tasavvurlar shakllanadi.
Masalan:
1. Berilgan ifodalarda jami nechta “+”, “–”, “:”, “=” ishoralar qatnashganini
sanang. Qaysi ishora ko„proq foydalaniladi?
2. Berilgan shakllarda ja‟mi nechta o„tkir va o„tmas burchaklar sonini
hisoblang.
Shu shakllarda qaysi burchak turi ko„proq yoki kamroq ekanligini aytib
bering.
3. Dono: poytaxt, ota-onalar, maktab, do„stlar – so„zlarini daftariga yozdi.
So„zlardagi harflar sonini hisoblang. So„zlarda qaysi harf ko„proq yoki kamroq
ishtrok etganligini aytib bering.
4. Bolalar tuzgan gaplarni o„qing. Ularni qanday guruhlarga bo„lish
mumkin?
a) Barcha kvadratlar – to„g„ri to„rtburchakdir.
b) Kubik shaklidagi o„yin toshlari oq bo„lishi mumkin.
c) Kubik shaklidagi o„yin toshlarini tashlashda uch soni tushishi mumkin.
d) Massani litr bilan o„lchash mumkin.
e) Kubik shaklidagi o„yin toshlarini tashlashda yetti soni tushishi mumkin.
f) Yetti qo„shuv besh barobar o„n besh.
Nazorat uchun savollar:
1.
Ma‟lumotlar bilan ishlashning asosiy ko„nikmalariga nimalar kiradi?
2.
Ma‟lumotlar sxemasini tuzish tartibini qanday bajarish kerak?
Dostları ilə paylaş: |