Ishni ilmiy rahbarga taqdim etish mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim jarayoniga aqliy va ijtimoiy tayyorlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari reja


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 28,79 Kb.
səhifə2/4
tarix23.06.2023
ölçüsü28,79 Kb.
#134320
1   2   3   4
iti7

Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda,aqliy rivojlanganlik u yoki bu darajada milliylikni tarbiyalash ko‘plab mahalliy va xorijiy faylasuflar tomonidan o‘z dissertatsiyalarida va ilmiy nashrlarida ko‘rib chiqilgan: Inomova M , Loginova V.I., Samorukova P.G , P.P. Valitova, V. Jankelevich, V.M. Zolotuxin, J. Lesset, J. Lokk, A.P. Mchedlov, E. Naraghi, N.K. Rerich, J.-J. Russo, V.A. Tishkov, L.N. Tolstoy, B. Uilyams va boshqalar; psixologlar:A.G. Asmolov, V.E. Kemerov, E.Yu. Kleptsova, I.V. Krutova, F.M. Malxozova, B.G. Maralov, A.P. Okoneshnikova, G.U. Soldatova va boshqalar Yu.K.ning tadqiqotlari. Babanskiy, O.S. Bogdanova, N.V. Bordovskoy, Z.N. Varbanets, I.A. Galitskaya, B.S. Gershunskiy, F.A.V. Distervega, N.I. Ilminskiy, va boshqalar. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o‘zlarining qator asarlarida ta’lim-tarbiyaga kata e’tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarni bildiradi. «Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir ». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir”, «Dars oluvchi—biluvchi, tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir”.
Shuningdek, pedagog va psixolog olimlardan X.Qodirova, Tillaeva G., Yusupov Q., Boboev N., Xaldibekova F., Yusupov A. Musurmonova O. va boshqalar shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillari va vositalari, milliy madaniyat va ma’naviyat sohasida ko‘plab ishlarni amalga oshirgan V.N.Teliyaning tadqiqotlarida milliy va madaniy qadriyatlar va ularning shakllanishi masalalari o‘rganilgan. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. M.P.Yusupova, R.M.Qodirova, D.Abdurahimova, X.B.Tulenova, D.R.Boboeva, V.I.Loginova, P.R.Samorukova, V.I.YAdeshko, F.A.Soxina, G.X.Jumasheva, X.I.Kasimova, M.Sh.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.Shodieva, SH.A.Sodiqova va boshqalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq ko‘nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan.

Yüklə 28,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin