Ishni ilmiy rahbarga taqdim etish
MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM JARAYONIGA AQLIY VA IJTIMOIY TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI
REJA:
KIRISH
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM JARAYONIGA AQLIY VA IJTIMOIY TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim jarayoniga aqliy tayyorlashning pedagogik mohiyati.
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim jarayoniga aqliy va ijtimoiy tayyorlashning taraqqiy etishi
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti tahlili.
Birinchi bob bo‘uicha xulosa.
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM JARAYONIGA AQLIY VA IJTIMOIY TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINING USLUBIY TA'MINLASH NATIJALARI.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixikasini o‘rganish tamoyillari va metodlari.
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim jarayoniga aqliy va ijtimoiy tayyorlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim jarayoniga aqliy va ijtimoiy tayyorlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlarida tarbiyachining pedagogik vositalarining o‘ziga xosligi.
Ikkinchi bob bo‘uicha xulosa.
III BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM JARAYONIGA AQLIY VA IJTIMOIY TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARINI TAJRIBADA O‘RGANISH.
3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqot va o‘zini o‘zi anglash jarayonining shaxs shakllanishiga taʼsiri yuzasidan tajriba-sinov natijalari.
3.2. Maktabga tayyorlov guruhlarida aqliy va ijtimoiy rivojlanishni shakllantirishni tajribada olib borilishi va natijalar tahlili.
Uchinchi bob bo‘uicha xulosa.
XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
ILOVALAR
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Yangi O‘zbekistonda Uchinchi renesansning ustunlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimida yangicha yondashuv, o‘zgarishlar jarayoni kechmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida farzandlarimiz 2-3 yoshdan boshlab ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kelajakda mustaqil hayotga kafolatli tayyorlash, shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish, dunyoqarashi keng, ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishuvchan shaxslar etib tarbiyalash maqsadida 2019-yil 3-mayda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”1 qabul qilindi. Ushbu konsepsiyaning 5-bobi maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan, ya’ni 3-7 yoshli bolalarga xos xususiyatlar jumladan o‘z tuyg‘ularini boshqarish ko‘nikmalarining rivojlanishi; o‘z xatti harakatlarini axloqiy boshqarish ko‘nikmalarining yuzaga kelishi; shaxsiy fazilatlar asoslarining paydo bo‘lishi,o‘zini namoyon qilishga intilish; ijtimoiy motivlar va milliy ana’nalarga qiziqishning paydo bo‘lishi, muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining paydo bo‘lishi va o‘z- o‘ziga baho berish; o‘z xulqini axloqiy boshqarish malakalarining yuzaga kelishi kabilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.2
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi deb ko‘rsatib o‘tilgan, Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22- oktyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan 3-modda 5-bandida: “Yosh avlodni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogikva psixologik ta’sir ko‘rsatishdir.” Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bo‘lib, u yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro‘y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbning qomusiy olim va pedagoglarining o‘rni kattadir. Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lo‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o‘xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shug‘ullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi deydi. Bu sohada Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan og‘zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ilg‘or fikrlarini o‘rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o‘rganish biz uchun juda qimmatlidir. Ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak tarbiyachi — tarbiyachilarga o‘rgatish hamda maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, bo‘lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish; — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish lozim. Bunday vazifalarda tadqiq etish: — birinchidan, bolalar sog‘lig‘ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi; — ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi; — uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o‘lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, o‘rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi; — to‘rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi. Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg‘ulari shakllanadi. Eng muhimi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg‘otish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o‘quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha toliqtirish bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim malaka va ko‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi, shuning uchun tarbiyachi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko‘zlab tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bo‘ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, tortib ko‘radi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak-atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari — analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, gadir-budur, silliq-yaltiroq, xushbo‘y va h.k. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risida bilim, tajriba to‘plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bo‘lib, sezgilar asosida hosil bo‘ladi. Bola olmani qo‘lida ushlab ko‘rib, qarab chiqib va yeb ko‘rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo‘y, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator: Barcha olim-u fozillar, shoiru yozuvchilar o‘z davrining nufuzli ta’lim maskanlarida o‘qish bilan hurmat- e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muhammad SHarif So‘fizoda, Abdulqodir Shokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan. Ya.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish mumkinligini ko‘rsatib berdi. YA.A. Komenskiy 19 bo‘limdan iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, o‘t, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U o‘zining «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan. Shu bilan Ya.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soldi.
Jumladan, dunyo miqyosida bolalarni psixofiziologik, intellektual, ijodiy va shaxsiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan kreativ texnologiyalarni rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim muhitini tashkil qilish hamda strategik boshqaruv tamoyillari asosida maktabgacha ta’limning sifat menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi ilmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan konseptual islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalqimizda shakllangan muomala madaniyati, mehr-oqibat, muruvvat, andisha va or-nomus kabi odob-axloqqa oid his-tuyg‘ular nafaqat tarbiya vazifasini o‘taydi, balki insoniy qadriyatlar va fazilatlarning namoyon bo‘lishida, komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog‘lik. Jamiyatda pedagog (tarbiyachi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma'suliyatli vazifalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida etuk, barkamol etib tarbiyalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.3
Dostları ilə paylaş: |