Ishning umumiy tavsifi Tadqiqot mavzusining dolzarbligi



Yüklə 36,97 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü36,97 Kb.
#116124
  1   2
DISSERTATSIYA


Ishning umumiy tavsifi

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi . O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, mustaqillikdan keyin qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri bo’ldi. Milliy qadriyatlarimiz, buyuk allomalarimiz qoldirgan ilmiy asarlar, hikmat xazinalarini qayta tiklash ishlari ancha salmoqli bo’ldi. Endigi galdagi vazifalar qatoriga tilimizning ochilmagan qirralarini kashf etish, o’zbek tilining nufuzini jaxon tilshunosligi darajasida o’rganish prezidentimiz I.Karimov yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch asarida aytganlaridek, “biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur” deganlarida tamomila haq edilar. Bunday vazifalar o’z o’rnida tilshunos olimlar, yosh tadqiqotchilarga ma’suliyat yuklaydi. Tilning barcha imkoniyatlarini ishga solgan holda, ilmiy meroslarimizdagi qimmatli fikrlar, hikmatli so’zlar, xalq donoligini o’zida mujassamlashtirgan maqollarni to’plab tasnif qilish, chet tillariga ehtiyoj kuchaygan davrda ular bilan qiyoslab o’rganish va tahlil qilish muhim ishlardan biridir.
Uzoq davrlardan buyon olimlar diqqat e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan paremalar xalq og’zaki ijodi, etnografiyaning o’rganish obyekti bo’lib keldi. Yaqin 30 yil ichida bu soha bilan tilshunoslik ham shug’ullana boshladi. Paremalarni lingvistik nuqtai nazardan o’rganishga bag’ishlangan qator ishlar buning dalilidir. 1 Biroq hozirga qadar o’zbek tilshunosligida paremalarning ma’noviy xususiyatlari atroflicha yoritilgan maxsus ishlar yo’q. Ularning qamrov doirasi va tildagi o’rni aniq belgilanmagan.
Paremalar orasidagi umumiy va xususiy tomonlarni sharxlash, shu asosda ularning lisoniy mavqeyini belgilash tilshunoslikning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Ishning maqsad va vazifalari. O’zbek tilshunosligida xalq maqollari,hikmatli so’zlarini leksik2, sintaktik3 yo’sinda qisman o’rganilgan bo’lishiga qaramay, ularning tildagi o’rni ma’noviy xususiyatlarini aniqlash ularni tasnif qilish masalalari muammoligicha qolmoqda. Shunga ko’ra mazkur tadqiqotda o’zbek tilidagi paremalarni ya’ni maqol va matallarni imkon qadar ochib berish ularni rus va ingliz tilidagi variantlari bilan tanishish, paremalarni umumiy hamda farqli belgilarini aniqlash maqsad qilib olindi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb topildi:
-xalq maqollarini o’zbek tilshunosligida o’rganilish masalalari bilan tanishish;
-rus va ingliz tilshunosligida olib borilgan paremiologik ishlarni yoritish;
-maqol-matal tipidagi paremalarni aniqlash, ularni tilshunoslikdagi mavqe’ini belgilash;
-paremalarni qiyosiy tahlil qilish, o’zbek, rus, ingliz tillari bo’yicha.

Yüklə 36,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin