Исходные данные


Tibbiyot texnikasining maqsadi va vazifasi, tibbiyot apparatlarining asosiy guruhlari



Yüklə 186,24 Kb.
səhifə4/10
tarix28.01.2023
ölçüsü186,24 Kb.
#81461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Uoker karsinosarkomasi rivojlanishini modelashtirish

Tibbiyot texnikasining maqsadi va vazifasi, tibbiyot apparatlarining asosiy guruhlari


Hozirgi zamonaviy tibbiyotning yutuqlari ko’p jihatdan fizika, texnika va yangi texnologiyalardagi muvaffaqiyatlarga asoslangan. Inson organizmidagi barcha kasalliklarning tabiati, kelib chiqish sabablari va davolanish mexanizmlari asosan biofizikaviy tushunchalar asosida tushuntiriladi.
Bizga biofizika kursidan malumki inson organizmida sodir bo’ladigan mikrojarayonlardan tashqari, xuddi jonsiz tabiatdagi kabi molekulyar jarayonlar ham sodir bo’ladi va ular biologik sistemalarning holatini xarakterlaydi. Bunday mikrojarayonlarning biofizikasini tushunish, organizm holatini, bazi bir kasalliklarning tabiatini tushunish, dorivor moddalarning tasirini va shu kabilarni baholash uchun zarurdir, hamda bo’lg’usi «Tibbiyot muhandisligi» mutaxassislarida klinik fikrlash uchun zamin yaratib beradi.
Yuqorida ko’rsatilgan malumotlarga ilmiy asoslangan va zamonaviy tibbiyotning keskin rivojlanishiga tayangan holda oliy talim tizimini islohoti, fan talim-ishlab chiqarish sifatini jahon standartlari talabi asosida yaxshilash, xususan tibbiyot institutlarida o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga, tayyorlanayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlarini, kasbiy mahoratini, ko’nikma va malakalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan.
Tibbiy texnika va yangi texnologiyalar kursining asosiy maqsadi bo’lajak
mutaxassislarda organizmdagi azo va sistemalarning faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni to’g’ri talqin qilish uchun zarur bo’lgan tashxis usullarida foydalaniladigan tibbiy asbob, uskuna va qurilmalarni tuzilishi, ishlash printsipi va foydalanish sohalari bo’yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni singdirish. Kursning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarga qayd qiluvchi, tashxis qo’yish va davolovchi tasir ko’rsatuvchi tibbiy asbob-uskunalar, priborlar va apparatlarda ishlash, tashqi muhit faktorlari tasirini o’lchovchi (dozimetrik) va muhofaza qiluvchi asbob va qurilmalardan foydalanishni o’rgatishdir.
Fanning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:

  • organizm a’zo va to’qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fiziko- ximiyaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni o’rganish;

  • organizm organ va to’qimalari hamda suyuqliklarining gidrodinamik, mexanik, bioelektrik va optik xossa va xususiyatlarini o’rganish;

  • tashqi muhitning fiziko-ximiyaviy davolovchi va zararli tasirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish.

Mamlakatlarning xalqaro kelishuviga asosan barcha tibbiy texnika jihozlari 16 ta asosiy guruhga bo’linadi.

  • Tibbiy asboblar

  • Barcha turdagi shpritslar va ignalar.

  • Diagnostika va terapiya uchun mexanik apparatlar.

  • Endoskopik pribor va apparatlar.

  • Sterilizatsiya, dizenfektsiya va distillyatsion jihozlar.

  • Narkoz, sun'iy nafas va kislorodli terapiya uchun apparatlar.

  • Shifokorlar xonalari va operatsion zallarning jihozlanishi.

  • Tish shifokori xonalarining jihozlari.

  • Elektromeditsina priborlari va apparatlari.

  • Rentgen apparatlari va jihozlari.

  • Oftalmologik apparatlar, priborlar va ko’zoynakli optika.

  • Tibbiy laboratoriyalarni jihozlash uchun pribor va apparatlar.

  • Radiologik, diagnostik va terapevtik texnika.

  • Ortopedik mahsulotlar.

  • Rentgenologik trubkalar.

  • Ko’chma tibbiy ambulatoriya va laboratoriyalar.

Yüklə 186,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin