Eekton pocht: info@mintns.uz
Ishonch teefoni:
7 202 22 55 7
Dyo tnspoti
Asosiy shif
Dyo tnspoti
Daryo transporti sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati
O‘zb
Chop etish
1. “Kemalarni qurishda, ishlatishda, qayta ta’mirlashda majburiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi nizom”. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 141-son qarori bilan
tasdiqlangan.
2. “O‘zbekiston Respublikasining ichki suv transporti ustavi”. Vazirlar Mahkamasining 1997-iyul
25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan.
3. Kemalarni ro‘yxatga olish qoidalari (ro‘yxat raqami 2595, 2014-yil 17-iyun).
4. Daryo transportida yuk tashish qoidalari (ro‘yxat raqami 2468, 2013-yil 13-iyun).
5. “O‘zbekiston Respublikasi ichki kema yo‘llarida suzish qoidalari”. (ro‘yxat raqami 796, 1999-yil
9-iyul).
. Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari. (ro‘yxat raqami 990, 2000-yil
6-dekabr).
7. Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalari. (ro‘yxat raqami 966,
2000-yil 8-sentabr).
. Daryo portlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (Mehnat vazirining 2002-yil
30-avgustdagi 133-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
9. “Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun bepul maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka
himoya vositalarini berishni namunaviy normalari” (ro‘yxat raqami 1511, 2005-yil 8-sentabr).
10. “Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2067,
2010-yil 14-yanvar).
11. Daryo transporti to‘g‘risida ma’lumotlar
Daryo transporti bo‘limining Kemachilik inspeksiyasi ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi
ichki suv yo‘llarida va suv havzalarida foydalanishda bo‘lgan jami 224 ta suv transporti
vositasi (kemalar) hisobga olingan, shundan:
transport kemalari – 132 ta;
texnik kemalar – 74 ta;
yordamchi kemalar – 14 ta;
suzuvchan ponton ko‘priklar – 4 ta.
Daryo transporti bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil va
daryo transportini rivojlantirish departamentining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va
Transport vazirligi faoliyatini daryo transporti sohasi bo‘yicha masalalari bilan ta’minlaydi.
Daryo transporti bo‘limi tarkibiga quyidagi bo‘linmalar kiradi:
a) O‘zbekiston kemachiligi registri (keyingi o‘rinlarda Registr).
b) Kemachilik inspeksiyasi.
Kemachilik registri bosh dvigatelining quvvati 55 kVt va undan ortiq bo‘lgan o‘ziyurar
kemalar, yuk ko‘tarish quvvati 80 registr tonna va undan ortiq bo‘lgan o‘ziyurmas kemalar
va suzuvchi vositalarini klassifikatsiya qilish va texnik nazorat olib borishga vakolat
berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Kemachilik inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasining kema yuradigan ichki suv yo‘llarida
ekologiya normalari va inson hayotini muhofaza qilinishiga rioya yetgan holda
kemalarning va suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan belgilangan vazifalarga
muvofiq to‘g‘ri foydalanishi, yuklarning xavfsiz va ishonchli tashilishini nazorat qilishga
vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Daryo transporti bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi
funksiyalarni amalga oshiradi:
Daryo transporti sohasida boshqarish tizimini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi;
Daryo transporti sohasida davlat investitsiya siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqadi;
Daryo transporti sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yaqin va istiqbolli davlat
dasturlari, idoraviy manzilli dasturlarni shakllantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
Ichki suv yo‘llaridan eng maqbul foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini ishlab chiqadi va amalga tatbiq yetadi;
Daryo transporti sohasida transport xavfsizligi bo‘yicha masalalar bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishda ishtirok etadi;
Suvda inson hayotini muhofaza qilinishini, yuklarni ishonchli tashilishini, suzuvchi
vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan foydalanish shartlarini ta’minlaydigan texnik talablar
o‘rnatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, qo‘llanilishini tahlil yetadi va ularga
o‘zgartirishlar kiritadi;
Daryo transporti sohasi bo‘yicha texnik reglamentlar ishlab chiqishda ishtirok yetadi;
Daryo transporti sohasi bo‘yicha bo‘limga berilgan vakolatlar doirasida O‘zbekiston
Respublikasining daryo transporti masalalari bo‘yicha qarori talab yetiladigan O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish
uchun Transport vazirligiga takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hukumati Kengash majlislariga daryo transporti masalalarini ko‘rib
chiqish bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi;
Daryo transporti sohasida xalqaro shartnomalar va hukumatlararo bitimlar tuzish, ularga
o‘zgartirishlar kiritish, to‘ldirish, bekor deb e’lon qilish, ratifikatsiya qilish bo‘yicha materiallarni
tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalar va hukumatlararo bitimlar
qoidalarining o‘z vakolati doirasida bajarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
Daryo transporti sohasi bo‘yicha bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishiga qatnashish va
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro muzokaralar olib borish uchun materiallar
tayyorlashda ishtirok etadi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini, arizalarini va shikoyatlarini daryo transporti
bo‘limi vakolati doirasida ko‘rib chiqishni amalga oshiradi;
Transport vazirligi saytiga joylashtirish uchun daryo transporti sohasi bo‘yicha materiallarni
tayyorlaydi;
Daryo transporti masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida majlislar, seminarlar va boshqa
tadbirlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
Transport vazirligining tarkibiy tuzilmalariga daryo transporti masalalari bo‘yicha vakolati
doirasida tushuntirishlar beradi hamda ulardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rab oladi;
Davlat siri hisoblangan maxfiy axborotlarni vakolati doirasida sir saqlanishini ta’minlaydi;
O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni, ma’lumotlarni va
boshqa hujjatlarni Transport vazirligining quyi idoralaridan, vazirliklardan, idoralar va boshqa
tashkilotlardan o‘rnatilgan tartibda so‘rab oladi;
O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlarida, tabiiy yoki sun’iy barpo yetilgan suv havzalarida
foydalanilayotgan kemalar va suzuvchi vositalarni ro‘yxatga oladi va klassifikatsiya qiladi,
texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
Kemalarga va suzuvchi vositalarga mulk huquqini tasdiqlovchi va O‘zbekiston Respublikasi
bayrog‘i ostida suzish huquqini beruvchi Kema guvohnomalarini, ularning texnik holati bo‘yicha
foydalanishga yaroqli ekanligini tasdiqlovchi klassifikatsiya guvohnomasi, suzishga yaroqlilik
to‘g‘risidagi guvohnomasi, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish
to‘g‘risidagi guvohnomalarni hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni
beradi;
Kema va suzuvchi vositalar egalari tomonidan daryo transporti sohasiga oid qonun-hujjatlar,
Registr qoidalari, ekologiya va sanitariya normalari talablariga rioya yetilishini nazorat qiladi;
Kemalar va suzuvchi vositalarning hamda kemalarni qurish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan
material va jihozlarning Registr qoidalari va talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
Qurilayotgan kemalarni texnik loyiha hujjatlarini mahalliy suzish sharoitiga muvofiqligi nuqtayi
nazaridan kelishadi va tasdiqlaydi;
Kemalarni qurish, ta’mirlash va qayta jihozlash davrida texnik nazoratni amalga oshiradi;
Kema hujjatlarining amal qilish muddati tamom bo‘lganda, kemalar, suzuvchi vositalarda
odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar paydo bo‘lganda, kemalardan foydalanish,
yong‘inga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalar va suzib
yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlaydi;
Kemalar va suzuvchi vositalarning ekipaj a’zolarining amaldagi yo‘riqnomalar va dasturlar
asosida bilimlarini tekshirishdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etadi;
Portlar, pristanlar, qirg‘oqlar, kema qatnaydigan suv inshootlari va suv yo‘llari ustidan o‘tayotgan
aloqa liniyalari, gaz, ichimlik suvi va boshqa quvurlarning o‘tkazilishini, suzuvchan ponton
ko‘priklar o‘rnatish va kechuv kemalari ishini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqadi va
xulosalar beradi;
Xorijiy va milliy yuk tashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining daryo transporti
sohasidagi xalqaro shartnomalarining asosiy shartlari va qoidalariga rioya yetilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi;
Daryo transporti bo‘limi vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonun-hujjatlariga zid
bo‘lmagan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Bizni ijtimoiy tmoqd kuztib boing
Vziik
Vziik hqid
Yngiik
Bo'sh ish o'ini
Intektiv xizmt
Meditek
Mnzi
0028, Oʼzbekiston Respubiksi,
Toshkent shhi, Zufiyxonim
ko'chsi, uy
7
Devonxon 8 7 202 05 00
(
Yngiikdn xbdo bo'ish
Elektron pochta manzilingizni kiritgan
holda yangiliklar va maslahatlar bilan
to'g'ridan to'g'ri tanishing
Syt m'umotidn foydnignd mnb ko'stiishi sht!
Sytdgi bch mteidn quyidgi itsenziy bo‘yich foydnish mumkin:
Cetive Commons Attibution .0 Intention.
Eekton pocht mnziingiz
Dostları ilə paylaş: |