Sayt test rejimda ishlamoqda!
Ishonch telefonlari
(+99878) 120-16-61
Du-Pa, 9:00-18:00; Ju, 09:00-17:00
Umumiy savollar bo'yicha
(+99878) 120-16-89
Du-Pa, 9:00-18:00; Ju, 09:00-17:00
Qo'ng'iroqlar markazi
1002
Har kuni, tunukun
OZ
EN
RU
Dividend siyosat
Dividendlar to’lanishi
Sotib olingan aksiyalar
AUY qarorlari
Tashqi audit xulosasi
E’lonlar
Dividend siyosat
«DORI-DARMON» Aksiyadorlik Kompaniyasining dividend siyosati
1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Dividend siyosati O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va «DORI-
DARMON» AK (quyida – Kompaniya) ichki hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur Dividend siyosati Aksiyadorlar umumiy yig’ilishiga foydani taqsimlash, shu jumladan
dividendlarni to’lash to’g’risida qaror qabul qilish uchun tavsiyalarni tayyorlashda Kompaniya
Kuzatuv kengashi rahbar qiladigan tamoyillarni belgilab beradi.
1.3. Tavsiyalarni tayyorlashda Kuzatuv kengashi dividendlarni to’lash orqali ham, Kompaniya
aksiyalarining nominal qiymatini oshirish yo’li bilan ham Kompaniya aksiyadorlari huquqlariga
rioya qilish va daromadlarini oshirish maqsadlaridan kelib chiqadi.
2. Dividend miqdorini hisoblash tamoyillari
2.1. Dividend miqdorini hisoblash Kompaniyaning yillik moliyaviy hisobotida aks ettirilgan sof
foydasi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
2.2. Dividend miqdorini hisoblashda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:
- dividend miqdorini aniqlash mexanizmining aniqligi;
dividend miqdorini aniqlash
mexanizmining aniqligi;
- aksiyadorlarning qisqa muddatli (daromad olish) va uzoq muddatli (Kompaniya rivojlanishi)
manfaatlarining muvozanatligi;
- Kompaniyaning investitsiyaviy qulayligi va kapitalizatsiyasini oshirishga intilish.
3. Dividend miqdorini hisoblash tamoyillari tartibi
3.1. Sof foydani hisoblashning mazkur band bilan belgilangan tartibi dividend to’lanishiga
Kompaniyaning sof foydasining o’rta hisobda 25% ni yo’naltirish imkoniyatini yaratadi.
3.2. Sof foyda quyidagi ketma-ketlikda taqsimlanadi:
- Sof foydaning 5-10% dan kam bo’lmagan qismi Kompaniya Ustaviga muvofiq Zaxira
jamg’armasini shakllantirishga jo’natiladi. Zaxira jamg’armasini shakllantirishga sof foyda
taqsimlanishi Zaxira jamg’armasi Kompaniya Ustavi bilan belgilangan miqdorga yetganidan so’ng
to’xtatiladi.
- Sof foydaning o’rta hisobda 25% qismi dividend to’lashga jo’natiladi.
- Sof foydaning o’rta hisobda 65-70% qismi Kompaniyani rivojlantirish maqsadida Ustav
jamg’armasini oshirish va undan Kompaniyaning investitsiya faoliyatida foydalanish uchun
jo’natiladi.
4. Dividend to’lash to’g’risida qarorni tayyorlash tartibi
4.1. Dividend to’lash to’g’risida qarorni qabul qilish uchun Kompaniya Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishiga ko’rib chiqish uchun dividend miqdori to’g’risida tavsiyalarini
taqdim qiladi.
4.2. Tavsiyalarni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligining quyidagilar
to’g’risidagi qoidalari inobatga olinadi:
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan aniqlangan dividendlar miqdori Kompaniya Kuzatuv
kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ortiq bo’lishi mumkin emas;
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi dividendlarni to’lamaslik to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.
5. Diidendlarni to’lash shakli va muddatlari
5.1. Dividendlar Kompaniya Ustavi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab oltmish kundan
kechiktirmay:
- yuridik shaxslarning bank hisob raqamlariga pul mablag’larini o’tkazish:
- Toshkent shahrida yashovchi jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkalariga pul mablag’larini
o’tkazish yoki Kompaniya kassasi orqali:
- O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida yashovchi jismoniy shaxslarga viloyat bamk kassalari
orqali to’lanadi.
Dividend olish huquqiga ega shaxslar ro’yxati jamiyat aksiyadorlari reyestri ma’lumotlari asosida
tuziladi.
6. Ma’lumotlarni oshkor etish
Kompaniya dividendlar to’lash to’g’risida mazkur ma’lumotni, hamda unga o’zgartirishlarni
qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va
«DORI-DARMON»AK veb-saytida joylashtiradi.
04.01.2015
Kompaniya matbuot xizmati
Tel: +998 71 281 41 29
Tel: +998 71 281 41 29
© Copyright 2022 "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi.
Ushbu saytda e'lon qilingan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda va ulardan iqtibos
keltirilganda "Dori-Darmon" AK rasmiy veb-saytga havola ko'rsatilishi kerak.
Ishlab chiqdi
Md.uz
Hukumat resurlari
QONUN HUJJATLARI
MA'LUMOTLARI
MILLIY BAZASI
5 USTUVOR
YO'NALISHI
BO'YICHA
HARAKATLAR
STRATEGIYASI
Kompaniya To'g'risida
Korporativ Boshqaruv
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Xizmatlar
Mаtbuоt xizmati
Interaktiv Xizmatlar
Hujjatlar
Aloqalar