Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari KIRISH………………………………………………………………………. 3
I.BOB Ishsizlik haqida tushuncha va ishsizlik paydo bo’lishi 1. Ishsizlik bozorining rivojlanish asoslari…………….……………………… 5
2. Ishsizlik-global bozorining paydo bo’lishining tasiri va zararlari…………..14
3. Global ishsizlik mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar…………………………………………………..……………. 20
II.BOB O’zbekistonda aholi bandligini ta’minlash 4. O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining imkoniyatlari tahlili…….………… 23
5. Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati…………………………………………….............................….... 40
Xulosa…………………………………………………………………………. 44
FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR RO’YHATI…………………………... 45
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi ѐrdamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o'tkaziladi, yangi qiymat shu ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shuning uchun mamlakat miqѐsida yalpi ishchi kuchining mazmunini, tarkibini, ishchi kuchi bozorini o'rganish muhim ahamiyatga egadir Ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolarini batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham e'tibor qaratiladi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirish va shu asosda ijtimoiy muammolarni hal etish hamda o'sib borayotgan aholining turmush darajasini yaxshilashda inson salohiyatidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Zero, inson salohiyati faol eng bunyodkor omil bo'lib, u mamlakatning islohotlar va tub o'zgarishlar yo'lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta'minlab beradi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mehnat munosabatlarining mazmuni va xarakterida ham tub o’zgarishlar yuz berishiga olib keldi.Sho’rolar davridagi davlat tizimida aslini olganda yagona mulkdor va ish beruvchi mavjud bo’lib, xodim siyosiy iqtisodning klassik qonunlariga ko’ra yollanmaishchi hisoblanmas edi. Mamlakatimiz mustaqillika erishgach, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar mulk shakillarining xilma-xilligini vujudga keltirdi, mehnat yollanadigan bo’ldi, ishchi kuchi esa tovarga aylandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar mulk shakllarining xilma-xilligini vujudga keltirdi, ishchi kuchi yollanadigan bo'ldi va tovarga aylandi.