28
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida bir necha bor O‘rta Osiyoga ekspeditsiya
yuboriladi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Rossiyaga O‘rta Osiyoning katta qismini
bosib olish uchun imkoniyat yaratildi.
1867- yili rus qo‘shinlarining Òoshkentni bosib olishlari bilan Òurkiston
general-gubernatorligi tashkil qilindi. Rus biblio- graflari tomonidan O‘rta
Osiyo
haqidagi rus va chet tillardagi adabiyotlarning bibliografiyasi tuzila boshlandi. Bu
davrda O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lish sababini XIX asrning yirik
rus bibliografi, birinchi bo‘lib O‘rta Osiyo haqidagi adabi- yotlarni to‘plagan V. I.
Mejov „O‘rta Osiyoni har tomonlama chuqur o‘rganishga sof savdo va ilmiy maqsad
sabab bo‘ldi“, deb ko‘rsatadi. Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri, lekin ilmiy
maqsad emas, balki sof harbiy maqsad ko‘zda tutilib, O‘rta Osiyo chuqur
o‘rganilgan, desak mantiqqa to‘g‘ri keladi. Buni rus qo‘shinlarining qo‘mondoni,
Turkiston general-gubernatori N. P. Kaufmanning V. I. Mejovdan O‘rta Osiyo
haqidagi adabiyotlarning bibliografiyasini tuzib berishni so‘ragani
isbot qilib
turibdi. V. I. Mejov bunga rozi bo‘lib, Òurkiston haqida bibliografik ko‘rsatkich
emas, balki Òurkiston haqidagi adabi- yotlar to‘plamini tuzib berishni taklif qiladi.
O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda XIX asr yirik rus bibliografi V. I. Mejovning
Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy kutub- xonasining nodir kitoblar bo‘limida
saqlanayotgan, hozirga qadar o‘zining ilmiy-amaliy ahamiyatini saqlab kelayotgan
„Turkiston to‘plami“muhim ahamiyatga egadir.
Uning vujudga kelishi hamda
ahamiyatiga oid V. I. Mejov zamondoshlari, hozirgi davr mutaxassislari Logofet, Y.
K. Betger, N. M. Benediktova, O. G‘. Qosimova, O. V. Maslova, Z. L. Fratkina va
boshqalarning qator ilmiy tanqidiy maqolalari mavjud. Lekin bu maqolalarda
„Turkiston to‘plami“ning
yaratilishi tarixi, ahamiyati,
unga tuzilgan yordamchi
ko‘rsatkichlar yetarlicha yoritilmagan.
Dostları ilə paylaş: