Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


 Temuriylar davrida bibliografiya



Yüklə 370,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix14.10.2023
ölçüsü370,41 Kb.
#155116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Djo\'rayeva Z kurs ishi

1.3. Temuriylar davrida bibliografiya 
Temuriylar davrida iqtisod va madaniyat tez rivojlandi. Hirotda tarixchi 
olimlar, yozuvchilar, madaniyat arboblari yashab ijod etdi. Saroy kutubxonalari, 
madrasa va masjitlar, xususiy va jamoat kutubxonalari tashkil etildi. Hirotning 
madaniy hayoti bevosita Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Navoiy qalamiga 
mansub 60 ming misradan iborat ulkan madaniy meros, adabiy asarlar besh asrdan 
beri insoniyatga, jahon jamoatchiligiga xizmat qilib kelmoqda. Ularning 
ko‘pchiligidan u yoki bu yo‘nalishda, insoniyat faoliyatining hamma sohalariga oid 
bibliografik axborot olish mumkin. Navoiy o‘zining «Fors davlatlari tarixi» asarida 
qadimgi falsafa fanining namoyandalari va ularning ijodi haqida juda boy 
ma’lumotlar bergan. 1498-yilda yaratgan «Majolis un-nafois» asari ham O‘rta Osiyo 
adabiyoti va madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega va hozirga 
qadar o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Navoiy shu asari bilan turkiy tilda tazkira 
yaratish an’anasini boshlab berdi. Bu asarda Turkiston va Xuroson hududlarida 
yashab ijod qilgan 459 shoir haqida ma’lumot berilgan. Navoiy tazkirasining boshqa 
tazkiralardan farqi shundaki, boshqa tazkiralarda faqat XV asrda yashab ijod etgan 
adabiyot namoyandalari — zamondoshlari haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa, Navoiy 
tazkirasida an’anaga aylanib qolgan shoir va adiblar haqida ma’lumot berishdan 
tashqari, o‘sha davrdagi Hirot va Samarqandning adabiy hayoti, adabiy kecha va 
majlislar, buyuk shoir davrida yaratilgan adabiyotshunoslik va tarixga oid asarlar, 
o‘tmish shoirlarning tarqoq merosini to‘plash, ularni ko‘chirish, nusxalarini 
ko‘paytirish borasida olib borilgan ishlar haqida turli xil zarur ma’lumotlarni beradi. 
Unda avval har bir shoirning hayoti va ijodi haqida biografik ma’lumotlar, hikoya 
va namunalar berilgan. Shu jihatlariga ko‘ra tazkira shu kungacha o‘rta asr adabiy 
hayotini, madaniyatini, tarixini, kitobatchilik san’atini o‘rganishda muhim 
qo‘llanma sifatida qadrlanadi. 
Navoiy o‘zidan avval yaratilgan tazkiralarni tahliliy va tanqidiy o‘rganib 
chiqadi, bibliografik tiðdagi asarlarni ham o‘rganadi va «Majolis un-nafois» asari 
bilan O‘rta Osiyoda yangi tiðdagi tazkirachilik san’atiga asos soladi. Bu tazkiralarda 
zamonaviylik prinsiði asosiy o‘rinda turadi. Ya’ni muallif o‘ziga zamondosh 


18 
bo‘lgan adiblar haqidagina ma’lumot beradi, zamonaviy hayot, adabiyot, hayot tarzi 
va adabiy jarayon haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. 
Navoiyning qo‘lyozma kitoblarni mukammal bilishi, adabiy mahorati va 
o‘zining shaxsiy mavqeyi yirik kitobshunos, bibliograf bo‘lib tanilishiga sabab 
bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan qurilgan kutubxona 10 mingdan oshiq qo‘lyozmani 
saqlagan va turli kitobxonlarga xizmat qilgan. Uning fondidan ko‘plab olimlar, 
kitobsevarlar, adabiyot muxlislari foydalangan. 
XVII asrda taniqli turk olimi va bibliografi Hoji Xalifa o‘rta osiyolik olimlar, 
yozuvchi va shoirlarning asarlarini hisobga oluvchi «Kitob va fandagi shubhaning 
bartaraf etilishi» nomli ko‘rsatkichini tuzadi. Ko‘rsatkich XIX asrda lotin tilida 
G.Fluger tomonidan nashr qilinadi. Ko‘rsatkichda olimlar, yozuvchi, shoir va din 
namoyandalarining 15007 asarlari fan tarmoqlari bo‘yicha ro‘yxat shaklida tartibga 
solingan. Asarlar haqidagi ma’lumotdan avval asar muallifining nasl-nasabi, kasbi, 
egallagan mansabi haqida, tug‘ilgan va vafot etgan yillari, ijtimoiy kelib chiqishi 
haqida ma’lumot, asarlarining to‘liq ro‘yxati berilgan. Ular orasida Ibn Sino, 
Beruniy, Xorazmiy, shoirlardan Sa’diy, U. Xayyom va boshqalar haqida 
ma’lumotlar bor. Hoji Xalifaning bu ko‘rsatkichi ko‘p jildlik bo‘lib, 400 yildan 
oshiq davrdan beri Sharq madaniyatining ajoyib namunasi sifatida o‘zining ilmiy 
qiymatini yo‘qotgan emas. O‘rta Osiyo tarixi, fan va madaniyati, kitobatchilik ishi 
haqida ma’lumot beruvchi yana bir ish XVII asrda tuzilgan AsSomoniyning «Ismlar 
genealogiyasi kitobi» nomli lug‘atidir. Uning muallifi Muhammad Ibn Mansur As-
Somoniy aslida Marv shahrida tavallud topgan, O‘rta Osiyoning ko‘plab 
shaharlarida bilim olish maqsadida yashagan, 1144- yili Marv shahriga qaytib, Al-
Ahmad madrasasida dars bera boshlaydi va bir vaqtning o‘zida ilmiy ish bilan 
shug‘ullanadi. Uning asarlari 40 dan ortiq bo‘lib, ular orasida «Geografik lug‘at», 
ustozlariga bag‘ishlab tuzilgan «Shayxlar lug‘ati», ayniqsa, O‘rta Osiyo tarixini 
o‘rganishda yordam beruvchi «Ismlar genealogiyasi kitobi» 4000 ta diniy asarlar 
haqida ma’lumot berilgan. 
XVI asrda Amin Ahmad Roziy tomonidan tuzilgan «Yetti iqlim» nomli lug‘at 
ham geografik, ham ensiklopedik asar hisoblanadi. Unda Sharqning musulmon 


19 
mamlakatlari va shaharlari, ulardagi yirik arboblar, mashhur kishilarning hayoti, 
faoliyati, ularning asarlari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zFAning Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik institutida bibliografik mazmundagi bir qancha asarlar 
saqlanadi. Ulardan biri «Shayx urrais asarlari ro‘yxati», ya’ni Ibn Sino kitoblari 
bibliografik ko‘rsatkichidir. Bunda Ibn Sinoning 142 ta asari ro‘yxati berilgan 
bo‘lib, 1664- yili noma’lum muallif tomonidan tuzilgan. 

Yüklə 370,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin