Yas paradoksi



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü43,8 Kb.
#147368
  1   2
yas paradoksi bu hikoya qolganlar uchun rasman ochiq


YAS PARADOKSI
bu hikoya xech qanday bilim va malumot ulashmayi balki meni bundan boshqa 25ta hikoya kabi ukamga baxshlanadi. Mendan hamma doimo nega hikoyalar yozishimni juda ko`p so`rasher edi ammo men bunga xech aniq javob bermas edim. O`ylab qarasam bari ancha yil avval boshlandi. Men avval rasim chizishga juda xam qiziqar edim ammo 4 yoki 5-sinfdaligimdagi “DO`STLIK” haqida insho yozish topshirig`i rasim chizishdan tashqari menga zavq ulashadigan yana bir xobbini dunyoga keltirdi. Ustozimiz Erodaxon men va boshqa sinfdoshlarimga do`stlik haqida insho yozishimizni buyurishdi. Men bu topshiriqqa jiddiy qaradim va bir bet bo`lsa xam qog`ozni qoralab alla nimalarnidur yozdim. Dars tugashiga oz daqiqalar qolganida Erodaxon ustoz xammani inshosini doskaga chiqib o`sishlarini buyurdi. Ko`plar bunga xijolatlandi va juda xayajonlanib chiqgisi kelmadi ammo Erodaxon ustoz o`z gapiga qanday kirgizishni yaxshi bilishardi. Xamma bolalar o`zi yozgan hikoyalarni o`qigach novbat menga keldi. Men juda xam xijolatlandim va bundan juda xam qo`rqdim. Meni yozgan ushbu Do`stlik haqidagi hikoya tufayli qolganlar mazza qiladi deb o`yladim ammo hikoyamni o`qiganimdan so`ng bu xammaga manzur bo`ldi va ustoz eng kotta baxoni menga qo`ydi. Xamma yozgan ushbu inshoyimni o`qiyotganimda menga qargancha jim eshitayotganini ko`rgach men yozuvchi bo`lishim kerakligini tushundim. Hayot o`sha vaqtlar menga adolatsizlik qildi deya olmayman xatto matbuot markazlariga bir necha marta xatto gazetani bir parchasida men yozgan hikoya chiqishi uchun juda ko`p marta bordim ammo malaka kam va bu hikoyalar xech kimga kerak emas degan gaplarni eshitgach bu hikoya faqat men va ukam uchun yoziladi deb o`zimga o`zim qasam ichdim
2015-yil

  1. “Do`stlik” – Azizxon va uni xar damida unga ko`mak beruvchi quvnoq do`stlari va juda xam qiziq voqealarga boy bo`lgan yoshlik damlari haqida

  2. “Merlin” – menga mo`jiza, afsun haqida o`rgatgan o`sha mashxur “Afsungar” serialidan ilhomlanganman va bu hikoyadagi bosh qaxramon bo`lmish Merlin afsun emas balki qo`liga to`pponcha olib qirollikni afsungarlardan ximoya qiladi

2016-yil

  1. “Merlin yangi sarguzashtlar” – yanada shiddatli va juda ko`p hikoya qaxramonlaridan iborat bo`lgan hikoyamizning davomi va bu hikoya Merlin Londinga borib u yerda xalok bo`lgunicha vaqt oralig`idagi sarguzashtlar keltirilgan

  2. “So`nmas” – Sariq saltanat merosxo`ri va 9 olamni birlashtirish uchun u kechib o`tgan qiyinchilik va zaxmadlar xaqida

2017-yil

  1. “yer qaxramonlari” – O`tmishdan General nikalyaus kelib qadimgi kitoblar orqali o`lmas qo`shinga ega bo`lgani va 3-jaxon urushini boshlab O`zbekistonga xujum qilganida G`azabdor, Axmat, Agent sos, Alpomish, Burgut odam va Matas uni to`xtatib qolishi va 3-jaxon urushini oldini olgani xaqida

  2. “Qo`riqchilar” – turli olamlardan qudratli kuchga ega qaxramonlar to`planishi va olam miqyosidagi juda kotta xavflarni qanday bartaraf qilishlari haqida

2018-yil

  1. “Ekskadron” – Gradnet olamning tizgini to`g`irlash uchun qudrat toshlarini to`plab qaxramonlarni bir qarsak cholishda barini yo`q qilishga urunishi ammo bunga qaxramonlar to`sqinlik qilishi haqida

  2. “Titan” – Ekskadron urushi tufayli barcha qaxramonlar o`lgach u qaxramonlarning eng jasuri bo`lmish Ardarni o`g`li haqida va bu yosh qaxramonimizning turli xavflarni oldini olgani xaqida

  3. “Titan2” – mukammal sinari va Rasulxon bilan Saidaning sevgi hikoyasi Titandagi yovuz qaxramon bilan bo`lgan janglardan tashqari oila, do`stlik, sevgi xamdardlik tuyg`ularini o`z ichiga olgan men va ukamga manzur bo`lgan eng yaxshi hikoya

2019-yil

  1. “ibratli hikoyalar” – shu vaqtgacha bo`lgan hikoyalardagi eng ibratli joylarini yangilangan varianti

  2. “Titan qaxramonlari” – 11ta bosh qaxramondan iborat bo`lgan va ularni xislari, yo`ldagi xavflar va qiyinchiliklarni o`z ichiga olgan hikoya

  3. “Iftidodan inqirozgacha” – Azizxon va uning ukasi Axmatjonni Ordan bo`ylab juda qiziqarli sarguzashti haqida

  4. “Oq qirollik” – Ordan olami uchun yangi xudud va bu hikoya ayni shu qirollikda yashovchi insonlarning tarixi haqida bo`ladi

2020-yil

  1. “Abu hasan” – Kofirlarga va g`ayridinlarga qarshi turgan islom dinini butun Ordanga yoygan Abu hasan haqida bo`lib u qirol, sarguzashtchi, qo`mondan va qirol maslaxatchisi bo`lib ishlagandagi sarguzashtlar keltirilgan

  2. “Azizxon rajabiy” – Ordanda tug`ilgan bir daydi va yetim bola qanday qilib butun boshli Ordan qiroli bo`lishi xaqida so`zlaydi

  3. “Mo`jiza kristali” – Kristal shahrida istiqomat qiladigan Abadjon va uni qaxramonliklari xaqida

  4. “Lider” – Abadjon toshkentga kelishi va u yerdan boshdan kechirgan sarguzashtlari

2021-yil

  1. “Abira va Abadjon” – bir biri uchun yaralgan va bir birini tushida ko`rib bir birini izlagan ikki sevishganning boshdan kechirgan romantik hayoti xaqida

  2. “Oybek va Nigora” – bir birini o`ldirishga tayyor bo`lgan va oilalari bir biri bilan azaliy dushman bo`lgan bu ikki yosh qaxramon qanday qilib bir biriga oshiq bo`lganini va ikki mashxur va kuchli oilada chiqqan ziddiyat va kelishmovchiliklar xaqida so`zlaydi

  3. “Boyazid” – butun Ordan qora afsun tufayli vayron bo`lgani va oz bo`lsada salbiy xisga erk bergan kimsalar Floralga aylanib tirik qolish uchun qolganlarni o`ldirishga majburligi va ularni batamom yengishga qasam ichgan qilichboz yigit haqida

2022-yil

  1. “Xech kim” – hayoti ayriliq va sotqinliklar, xiyonat va qiyinchilikka to`lgan baxtli bo`lish uchun qo`ldan kelgancha xarakat qilgan yigit xaqida va u qanday qilib barchasiga bardosh qilgani to`g`risidagi tragedik roman

  2. “Boyazid film” – Boyazidning sarguzashtlarini yangilangan varianti u boshdan kechirgan sarguzashtlar yanada xissiyotlarga to`ldirilgan hikoyasi va bu hikoya orginal hikoyadan o`laroq u qat`iyat o`ziga bo`lgan ishonch va`dani ustidan chiqish o`z do`stlarini xar qanday vaziyatda xam ximoya qilishga chorlaydi

  3. “Olamlar kitobi” – tasavvur qiling agarda sizga nima yozilsa o`sha narsa yuz beradigan olamlar kitobi bo`lganida siz nimani yozgan bo`lar edingiz bu hikoyada esa Muxtor olamlar kitobini topishi va unga yozganlari, dunyoning o`zgarishi va tasavvur olamini juda xam kenglashtiradigan fantaziy hikoya

2023-yil

  1. “Ordan afsonalari” – bosh qaxramon emas balki Ordanda istiqomat qiluvchi insonlarning xar birini hayoti xaqida so`z ochuvchi juda kotta mashtabli hikoya

  2. “Keyin nima bo`ladi” – turli kutilmagan vaziyatlarga boy juda ko`plab xissiyotlar va o`gitlarni o`z ichiga olgan hikoya

  3. “Yas paradoksi” – bu hikoya avvalgi hikoyalardan ajralib turadigan yagona joyi u xam bo`lsa bu hikoya qolganlarga(men va ukamdan tashqari qolgan kimsalarga) ochiq bo`lish va bu hikoya shov shuvga chiqmasa unda bu meni oxirgi sarguzashtim bo`ladi…


Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin