yas paradoksi bu hikoya qolganlar uchun rasman ochiq
1-QISM KIRISH Bu safar bari boshqacha bo`ladi demayman men xammasini amalda isbotlayman. Bu hikoya Yas paradoksi deb nom olgani bejiz emas balki bu meni shu vaqtgacha yozgan barcha hikoyamni yangilangan va yanada qiziq va shiddatliroq bo`lgan variant bo`lib u Ordan olamida istiqomat qiluvchi Azizxonni boshdan kechirgan sarguzashtlari xaqida so`zlaydi. Siz bu hikoyani o`qir ekansiz sizda bir savol doimo sizga tinchlik bermaydi u savol xam shunday: Keyin nima bo`ladi.
Xammasi tushunarli bo`lgan bo`lsa men hikoyani poydevorini yaratsam yuqorida aytganimdek bu hikoya Ordanda istiqomat qiluvchi Azizxon haqida bo`ladi uni sarguzashtlari, hixlari ibratli voqea va albatta xozirgi vaqtda trend darajasiga yetgan sevgi xam bo`ladi. Bari juda zamoniylashgan Vantamedya shahrida butun Ordan ozuqa xosili juda kam qolgani va buni bartaraf etish uchun Azizxonni otasi Imron Qora yerlik kristalini o`rganishni boshlanganida yuz beradi. Imron Titan kompanyasi boshlig`i bo`lib bu kampaniya bir manoda Vantamedyani qolgan mamlakatlardan ajratib turadi desa arziydi chunki u yerda kashf etilgan barcha kashfiyotlar albatta Vantamedya uchun juda kotta ro`l o`ynaydi va bu kashfiyotlar sanoqsiz men esa ulardan biri bo`lgan uchar kema xaqida aytib beraman
Uchar kema-Ordanni bir chetida boshqa chetiga o`tib olishga ko`mak beradigan samalyot va vertalyotdan ancha tez bo`lgani sababli qolgan mamlakatlarni bari bu uchar kemalar uchun Vantamedyadan uchar kema oladi va bu oldi berdi. Vantamedyani juda xam kotta nufuzga chiqara oldi desak arziydi.
2-QISM AZIZXON MURODOV Barini boshlashimdan avval siz albatta meni tushunishingiz va albatta bu xech qanday maqsad emas balki yoqimli xordiq uchun qilayotganimni tushunishingiz lozim bo`ladi va agarda bunga tayyor bo`lsangiz meni shedevr a`sarim bo`lmish Yas paradoksiga start beramiz
10-may 2015-yil
Azizxon kotta xonada divanda yotgancha osmonga qarab uxlar uni shiftida esa yulduzli osmon aks etgan rasm bor edi. Azizxonni yonida tumbichka tepasida turgan soat 7:00ga bong urgach jiringladi va Azizxonni uyg`otdi. Azizxon o`rnidan turib qo`lini yuqoriga cho`zgancha esnadi va o`zini rostlab olgach budilnikni o`chirib o`rnidan turdi. Azizxon kunini badantarbiyadan boshlab olganidan so`ng xonasidagi rakvina chanog`ini oldiga borib tishini va yuz qo`lini yaxshilab yuvdi. Azizxon yuvingach u yerdagi moviy sochiqqa yuz qo`lini artib oynakga qaradi. U xozirda 12 yosh 4-sinfni bitirish arafasida bo`lgani uchun juda xam xayajonda edi chunki boshl`ng`ich ta`limni tugatib 5-sinfga qadam qo`yish va yangi o`qituvchini qo`l ostida o`qish bu albatta juda xam qiziq va bu Azizxonni oz bo`lsada qo`rquvga solar edi. Azizxon xonasidan chiqib oshxonaga kirgach u yerda moviy ko`ylakda uni onasi Feruza dasturxon yozsih payida oshxona bo`ylab xarakatlanayotgan edi. Azizxon onasi Feruzaga qarab assalomu alaykum oyi, yaxshi uxlab turdingizmi dedi. Feruza buni eshitgach Azizxonga qaradi va o`zgacha bir kayfiyatda jilmayib yaxshi o`g`lim, o`zingchi dedi. Azizxon yaxshi, sizga yordam bera olamanmi dedi. Feruza bakallarni yuva olasanmi dedi. Azizxon albatta dedi va qo`liga bakallarni olib rakvinada gellab yaxshilab yuva boshladi. Shu vaqt Azizxonni otasi Imron xonasidan chiqdi. Imron keng yelkali gavdali va juda ko`rkam ustida kiygan kastum shim va galustik ularga juda yarashib turardi. Feruza Imron xonasidan chiqganini ko`rgach ularga qarab dadasi choy ichib ketasizmi dedi qo`lidagi choynakka ishora qilib Imron yo`q onasi bugun kompaniyada ishlarim ko`p dedida eshik yonida turgan qora jamadonni olib uydan chiqib ketdi. Feruza undan so`ng Azizxonga qaradi va kechir o`g`lim ammo bus afar xam birga nonushta qilish nasib etmadi dedi. Azizxon bundan so`ng xomushlandi va bakalidagi shakar solingan choyni qoshiq bilan aralashtirgancha doimo shunday qilishadilar deganicha Imrondan ko`ngli o`ksidi. Azizxon otasi bilan o`rgan xar qanday lag`zani juda qadirlar edi. Imron Titan kompaniyasiga asos solmasidan avval bir kichik korxona boshlig`I bo`lib u vaqtlar Imron o`z oilasi uchun doimo vaqt ajratar edi ammo Titan kompaniyasi boshlig`I bo`lgach Imronni zarracha vaqti xam qolmadi. Azizxon ayni shu vaqtda oz bo`lsada otam meni yaxshi ko`rishmaydi ular men emas ishlarini yaxshi ko`rishadi degan yomon hayolga xam bordi. Azizxon otasi xaqida shunday salbiy hayolga borayotganida uni otasi Imron o`g`lim do`stlari orasida ajralsin mukkammal va el yuzida juda aziz bo`lsin deya tunu kun ishlayotganini bilmas edi. Feruza o`ylanib qolgan Azizxonga qaradi va ko`nglingni cho`ktirma undan ko`ra non olib kel non idishda non qolmabdi dedi oq bir idishni ochib turgancha. Azizxon undan so`ng xop aya deya o`rnidan turdi va televizo`rni teppasidagi qora qutini ochib ichidan 5 000so`m oldi va non olib ketish uchun do`konga yo`l oldi. Azizxon dang`illama uch qavatli uydan chiqib ko`chada yugurganicha kotta asphalt tomon yo`l oldi. Azizxon kotta asfaltga chiqish uchun doimo bir tor ko`chadan o`tishiga to`g`ri kelardi. Bu tor ko`cha qqolganlaridan farqli u gavjum emas va u yerda asosan tilanchi, cho`ntak kesar, bomish va yo`l to`sarlar bo`lgani uchun Azizxon bolalikdan shu yo`ldan yurishga juda qo`rqar edi. Azizxon yo`lda ketayotganida uni orqasida bir nechta bolani suxbatini eshitib qoldi. U bolalar Azizxonni cho`ntagidagi pulni olib qo`ymoqchiligini reja qilayotganini Azizxon eshitgach orqaga qaramay yugura boshladi. Azizxon yugurgach uni orqasidagi bolalar xam uni ortuidan yugurdi ammo yeta olishmadi. Azizxon yugurishni juda yaxshi ko`rar va bir marta maktab bo`yicha yugurish musobaqasida xam nufuzli 4-o`rinni olgan edi to`g`ri xech qanday sovrin bo`lmadi ammo Azizxon o`sha lag`zada xarakat qila olsa undanda yaxshiroq natijalarga ega bo`lishini dunyoda ilojsiz narsa yo`qligi va xarakat qilsa barini uddalay olishini tushunib yetgan edi. Azizxon tor yo`lakdan chiqgach kotta asfaltga yetib keldi. U asfaltdan o`tib tog`riga yursa maktabga borar va maktab yaqinda bo`lgani uchun o`qitish tizimi yomon bo`lishiga qaramay Azizxon o`sha yerda o`qir edi. Azizxon asfalt yonidagi do`konlarga qaradi va narxlarni so`radi. Azizxon dollar oshgani uchun bitta non 6 000 bo`lganini eshitgach yana uyga qaytib kelishi va o`sha jinurgur yo`lakdan o`tib yana do`nkonga borishni hayolan ko`rdi va g`azablangandan qizarib ketdi. Azizxon undan so`ng asfaltni boshqa yuzidagi ne`mat marketga ko`zi tushdi. Bugungina ochilgan ushbu market odamlar bilan to`la va u yerni xaridori shu qadar ko`pligidan kotta marketga sig`may ko`plari tashqarida novbat kutayotgan edi. Azizxon asfaltdan o`tishi kerak ammo moshinalar keti uzilmas endi o`taman deganida boshqa bir moshina kelib qolardi. Azizxon kuta kuta payt poylab asfaltdan o`tib olgach qarasa Ne`mat marketdagi xaridorlarni bari ketib bo`lgan u yerda sotuvchilik qilayotgan bir qiz esa pardalarni yopib do`konni yopayotgan edi. Azizxon so`ngi lag`zada marketga kirishga muofaqt bo`ldi. U qarasa yangi ochilgan do`kon uchun bu yer juda xam tozza va kotyta xar xil konstavar maxsulotlar xilma xilligi esa ko`zni quvontirar edi. Azizxon sotuvchi qizga qaradi u jigarang sochli, oq yumaloq oynali ko`zaynagi, boshidagi qora shilyapa, qulog`i oldidagi kokillari, qora uzun sariq naqshli ko`ylagi o`ziga juda yarashib turar edi. Azizxon sotuvchi qizni ko`rgach bir lag`zada qotib qoldi. Uni chiroyi va samimiy kulishlari insonni batamom aqldan ozdirardi. U sotuvchi qiz Azizxonga qaradi va sizga qanday yordam bera olaman dedi. Azizxon men xaligi non olmoqchi edim dedi. Sotuvchi qiz nechta olasiz dedi. Azizxon faqat bitta deya Sotuvchi qizga 5 000 so`mni uzatdi. Azizxonni 5 000gini qiz oldi va Azizxonga qarab uzur ammo non 6 000 bo`ldi dedi. Azizxon yaxshi deya pulni Mubinadan olib boshini ekganicha marketdan chiqayotganida Mubina shoshmang deya Azizxonni to`xtatdi. Azizxon to`xtab Sotuvchi qizga qaragach Sotuvchi qiz mayli sizga 5 000 qilib beramiz ammo bu ikkimiz oramizda sir bo`lib qolsin dedi. Azizxon bundan juda xursand bo`ldi va men roziman deya qo`lidagi 5 000 so`m pulni Sotuvchi qizga berdi. Sotuvchi qiz 5 000 so`mni kassaga qo`yib Azizxonga bir issiq yendi tandirga uzilgan nonni paketga solib berdi. Azizxon nonni oldi va raxmat dedi. Sotuvchi qiz jilmaydi va sizga yordam bera olganimdan xursandman dedi. Azizxon Ne`mat marketdan chiqgach u yana uyga qaytdi ammo uni yuragi ayni shu Do`konchi qizda qolib ketganini bilmas edi. Azizxon uyga kelib dasturxon o`rtasiga non qo`ygach uni onasi Feruza muncha qolib ketding dedi. Azizxon 5 000lik non topa olmadim non narxi oshib ketibdi dedi. Feruza xo`sh nonni topdingmi dedi. Azizxon ko`rib turganingizdek ammo bu oxirgi 5 000 so`mlik non dedi. Feruza ish qilib xech kimga 5 000so`mga non bering deb yalinmadingmi dedi. Azizxon yo`q oyi unday qilmadim dedi. Feruza yaxshi va ikki qulog`ing bilan eshitib ol sen xech qachon xech kimga yalinmasliging kerak ayniqsa qolganlar senga yalinishi lozim dedi. Azizxon barini uqdim dedi va nonushta qila boshladi.
3-QISM MUBINA
Mening ismim Mubina Shoxmirzayeva meni otam Maqsad avvallari bozorda savdo qilib oilamizni boqishardi ammo ular undan so`ng juda mashxur Titan kompaniyasi raxbari Imron Murodov bilan uchrashib qolishdi va bizni hayotimiz batamom o`zgardi. Otam Maqsadni ishi yuzasidan biz Oq qirollikdan Vantamedyaga ko`chib keldik. Chindan xam bu yer maqtashga arziydigan darajada rivojlangan va u yerni axolisi ancha madaniyatli edi. Biz yangi joydan ijaraga uy olib u yerga moslashgach onam maktab boshlanmasidan va maktab tugashida oz bo`lsada oilamiz uchun xarakat qilishim uchun Ne`mat nomli market ochishdilar. Men sotuvchilikni unchalik bilmasdim va bu borada malakam yo`q bo`lgani uchun juda xayajonlandim ammo onam menga ishonch ko`zi bilan qarab senga ishonamiz deganidan so`ng o`zimga bo`lgan ishonch paydo bo`ldi va men ilk bor sotuvchilik qildim
10-may 2015-yil
Mubina o`rnidan turib erta ozonda badantarbiya qildi va kiymini almashtirib yuz qo`lini yuvib oynakka qaradi. Sochini taradi va Vantamedyaliklarda yaxshi tasurot qoldirish uchun juda ko`p vaqtini kiym tanlash bilan o`tkazdi. Mubini qora sariq naqshli kiymni kiygach xonasidan chiqdi va 2 opasi ota onasi turishlariga dasturxonni yozib nonsuhtaga shaylandi. Mubinani otasi pakanaroq ammo ko`rinish juda gavdali, onasi esa qorachadan kelgan pakanaroq bo`lsada ammo ularni juda xam jarangli ovozlari bor edi. Mubinani otasi Maqsad va onasi Dilefruz oshxonaga kirib dasturxon qarshisiga jam bo`lgach Mubinani egizak opalari Vasila va Elmira onasini nonushta qilasizlarmi degan gapiga xozir emas deganicha shoshilgancha xonadan chiqib ketishdi. Mubina nonushta qilib bo`lgach otasi Maqsad va onasi Dilafruzga qarab yoqimli ishtaxa men do`konni ochishim lozim deya xonadan chiqib ketdi. Maqsad Dilefruzga qarab u do`konni aplay oladimi dedi. Dilefruz tashvishlanmang uko`proq sizga tortgan savdoga bir pastda ko`nikib oladi va ayni o`shanda bari o`zgaradi deya Maqsadni qo`lini ushladi. Mubina oilasi bilan Ne`mat marketni yonidagi bir katalakdek 3 xonali uyda yashar va u bu qadar qashshoq bo`lsa xam u bu hayotda juda xam baxtiyor edi toki bari o`zgarmaguncha. Mubina do`konni ochgach Na`mat marketini bir gala insonlar o`rab oldi. Mubina bundan juda xayajonlandi va astalik bilan novbatma novbat xammaga xizmat ko`rsatishni boshladi. Mubina bu oson bo`ladi deb o`ylagan edi ammo insonlar ichida toqatsizlari xam bor bo`lib ular Mubinani shoshiltirar Mubina esa bu tufayli kalbasa olmoqchi bo`lgan xaridorga shakar berib shakar olmoqchi bo`lganga esa kalbasani taroziga tortib berdi. Bazilar toqati toq bo`lib ketdi basilar esa Mubina gangib nima qilishni bilmay qolganini ko`rgach undan ko`ra boshqa marketga kirishga qaror qildi. Birinchi kun uchun Mubinaga juda xam og`ir bo`ldi. U buni uddalashiga ishonardi ammo bari bunchalik oson emas do`konchini vazifasi esa 100xil xaridor bilan marketing qilayotganida o`zini bosib olishi va astalik bilan ularni bariga ko`mak berishi kerak edi. Mubina do`konda xech kim qolmagach nafasini rostladi va o`ziga o`zi bu men o`ylagandan ko`ra qiyinroq ekan dedi. Mubina oyimga buni barini tushuntiraman bu ish meniki emasligi aniq deya do`konni yopishga shaylandi. Do`konga Azizxon kelgach Mubina yo`q bunga ortiq sabrim chidamaydi deb o`yladi va Azizxonni ko`rmaganlikka solib oldi. Azizxon Mubinaga qarab qotib qolganidan so`ng Mubina muommolar o`z o`zidan yo`qalmasligi va ularni xal qilish kerakligini tushunib yetdi. Mubina Azizxonga non solib berganidan so`ng teppadagi soat bong urdi. Mubina soatni ko`rgach kechikayotganini tushunib yetdi va qo`liga popkasini olib Avtobus bekati tomon yo`l oldi. Azizxon 36-maktabda o`qir va uni do`stlari uni juda xurmat qilardi. Azizxon maktabda juda xam alochi edi va bu borada unga uncha muncha qiz xatto klaskom Moxlaroy xam yueta olmasdi. Azizxon maktabga kelgach yo`ldan chiqqan tanish va notanishlarga salom berib maktab binosiga kirdi. Maktab binosi juda xam shovqinli bolalar xayqirig`i va shovqini Azizxonga yoqmadi va qo`li bilan qulog`ini yopib olgancha yo`lini davom ettirdi. Azizxon sinfga kirgach uni chin do`sti bo`lmish Tursunxon o`rnidan turdi va Azizxon bilan quchoqlashib ko`rishgancha uni xol axvolini so`radi. Azizxon bu xolda yaxshiligini aytib Tursunxonga xo`sh qanday yangilik dedi. Tursunxon o`sha o`sha Futbolda yana Vantamedya terma jamoasi yutqazdi dedi. Azizxon bundan so`ng kulib qo`ydi va balki Vantamedya juda rivojlangan davlatdir ammo xali xam futbolchilar xali xamon shu axvol dedi. Shu vaqt salom xammaga deganicha jigarang sochini yoyib oq yupqa va kalta yupka kiygan qiz sinfga kirib keldi va bir nechta qiz bilan o`pishib ko`rishgach Azizxon tomon bordi. Tursunxon buni ko`rgach Azizxonga maktab klaskomi Moxlaroy, bu qizlar juda kam shunday ekan payt kelishi bilan bundan foydalan dedida Azizxonni yoniga o`tib oldi. Azizxonni oldidagi partaga Moxlaroy o`trirdi va orqasidagi Azizxonga qarab salom batanik deya qo`lini uzatdi. Azizxon salom deb Moxlaroy bilan salomlashgach Moxlaroy nima deb o`ylaysan kechagi testda kim ko`p baxo oldikana dedi. Azizxon buni vaqt ko`rsatadi dedi. Moxlaroy bazi insonlar orqada o`tirish uchun dunyoga keladi men va menga o`xshaganlar esa doimo yuqori o`rinda bo`ladi dedi. Azizxon it xurar karvon o`tar dedi. Buni eshitgach Moxlaroy so`z topa olmay qoldi va buni xali ko`ramiz dedida oldinga qarab oldi. Shu vaqt xonaga Erodaxon ustoz kirib keldi. Erodaxon ustoz kelgach xamma bolalar o`rnidan turib qo`lini ko`ksiga qo`yganicha xurmat bilan salom bera boshladi. Erodaxon vaalaykum assalom, o`tiring bolajonlar bugungi darsni kechagi test baxolari bilan boshlaymiz deya qo`lidagi testlar yozilgan varaqani Gulbaxorga berib qizim bularni tarqatib yubor dedi. Gulbaxor xop bo`ladi ustoz deya o`rnidan turdi va xammaga test varoqlarini tarqata boshladi. Azizxon Tursunxonga qarasa uni test bali 3% edi. Azizxon buni ko`rgach qoyil qolsa arziydi eng kam baxo olish bo`yicha rekord qo`yding dedi. Tursunxon Azizxonga qaradi va do`st bir ilojini qila olasanmi dedi. Azizxon agar sen o`ylayotgan narsa xaqida bo`lsa bu juda xavfli va qonunan man etilgan dedi. Tursunxon qonunlarga amal qilib nima qilasan, qonunlar buzish uchun o`ylab topilgan dedi. Azizxon yaxshi tanafusda ko`rishamiz dedi. Tursunxon undan so`ng Azizxonga mamnun xolda qaradi va raxmat do`st dedi. Moxlaroy test varog`ini Azizxonga ko`rsatdi. Azizxon qarasa Moxlaroy 98% bal olgan edi. Moxlaroy Azizxon jim bo`lib qolgach unga qarab xo`sh baliqcham tilingni yutib oldingmi dedi. Azizxon kulib qo`ydi va o`zini test varog`ini ko`rsatdi. Moxlaroy uni test bali 99% bal ekanligini ko`rgach jaxli chiqdi va oldinga qarab oldi. Buni ko`rgach Tursunxon Azizxonga qaradi va alochi bo`lish juda mazza bo`lsa kerak dedi. Azizxon xa buni gashti o`zgacha ammo harakat qilmaganimda bunday bo`lmagan bo`lardi dedi.
16 29
11-may 2015-yil
Roboninza