Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi



Yüklə 332,61 Kb.
səhifə5/14
tarix22.12.2023
ölçüsü332,61 Kb.
#190046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi

Me`morchilik. Muhammad (s.a.v.) davrida bunyod etilgan Makkadagi birinchi masjid Xalifa Volid I davri (705-715-yillar)da butunlay qayta qurilib, masjid atrofi keng hovlili, peshayvonlar bilan o`raladi. Masjidga tilla, kumush va marmar bilan hashamdor bezaklar beriladi.
Arablarning o`zga yurtlarga bosqinchilik yurishlari boshlangach, o`sha yurtlarning mahalliy ibodatxonalari yangi binolar qurilgunga qadar vaqtinchalik ibodat uchun foydalanilib turildi. Shu sabab Ummaviylar davriga oid masjidlarning aksariyati xristian cherkovlarini buzish yoki qayta qurish orqali bunyod etilgan. Ularga misol qilib Quddusdagi 686-691-yillarda qurilgan Qubbat as-Sahra masjidini, shuningdek, xalifa Volid I buyrug`i bilan 705-yilda Damashqda qurilgan Ummaviylar masjidini misol qilishimiz mumkin. Quddusdagi masjid milodiy 70-yilda rimliklar tomonidan buzib tashlangan podsho Sulaymon ibodatxonasi o`rniga qurilgan bo`lsa, Damashqdagi masjid Ioann Kristetil cherkovini qayta qurish orqali barpo etilgan23.
Damashqdagi Ummaviylar masjidi qurilishiga xalifa Volid I Xalifalikdagi eng mashhur me`morlar, dekoratorlar hamda naqqosh rassomlarni jalb etdi. Masjid devorlari marmar bilan bezatilgan, plitalarga turli naqshlar tushirilgan. Masjidni bezashda 30 ga yaqin ranglardan foydalanilgan, ayniqsa, yashil, ko`k, oltin tusli ranglar ko`p ishlatilgan. Masjidning ichki qismi esa qator ustunlar bilan bir necha qismga bo`lingan.
Ushbu davr masjidlari haqida gap ketganda, ilk musulmon me`morchiligining murakkab arxitekturali inshooti bo`lgan Quddusdagi Qubbat as-Sahra (“Qoya gumbazi” yohud “Qoya ostidagi gumbaz”) masjidiga ham alohida to`xtalib o`tish kerak. U xalifa Abdulmalik davrida 686-691-yillarda bunyod etilgan. Uning o`rnida yuqorida ta`kidlab o`tkanimizdek, rimliklar tomonidan vayron qilingan Sulaymon ibodatxonasi joylashgan edi. Qubbat as-Sahra islomning eng muqaddas ziyoratgohlaridan biri bo`lib, o`rta asrlarda muqaddasligi bo`yicha uchinchi (Makka va Madinadagi masjidlardan keyin) bo`lgan. Masjid loyihasi o`zida to`g`ri sakkizburchakli shaklni aks ettiradi. Ikki ayvonli markaziy bino gumbaz bilan qoplangan. Uni to`rt ta yirik ustun ko`tarib turadi. Ustunlar orasida uchtadan korinf uslubidagi qadimiy ustunchalar bo`lib, ayvonlarni ham shunday kichik o`lchamdagi to`sinlar ko`tarib turadi. Arablar bu masjidni “Qoya ostidagi gumbaz” deb atashlarining sababi shundaki, masjid markazida yotgan xarsang tosh go`yo Ibrohim o`g`li Ismoilni qurbonlik uchun olib borgan tog`dagi qoyaning bir bo`lagi hisoblandi. Masjid bu go`zal qiyofasini hozirga qadar saqlab qolgan. Geometrik naqshlar ko`rinishidagi juda yorqin, jozibali mozaikalar, rang-barang va tilla suvi yurgizilgan yozuvlar masjid devorlari, arkalar va gumbazni bezab turibdi24.
Ummaviylar davrida shaharlarda qurilgan saroylar, qasrlarning deyarli barchasi bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Faqatgina hozirgi paytda suvsiz sahroga aylangan joylardagi “sahro qasrlari” so`nggi rim va vizantiya qishloq, qo`rg`onlariga ancha o`xshab ketadi. Ularga misol qilib, 1936-yilda arxeologlar tomonidan ochilgan Qasr al-Xayr al-G`arbi (VIII asr) qasrini ko`rsatishimiz mumkin. Bu “sahro qasrlari” asosan amaldorlarga va katta yer egalariga tegishli bo`lib, ular qismangina saqlanib qolgan xolos. Ummaviylar davriga mansub “sahro qasrlari”ni qurishda xalifalikning turli joylaridan keltirilgan mohir ustalar qatnashgan bo`lib, ularning har biri o`z mamlakatining badiiy uslublaridan, san`atidan, bezaklaridan unumli foydalanganlar. Ummaviylar davriga mansub barcha san`at turlarida bo`lgani kabi qasrlardagi bezaklarda ham antik davrga va musulmon davriga xos bo`lgan belgilar o`zaro aralashib ketgan. Bu narsa ayniqsa, 1935-1943-yillarda arxeologlar tomonidan ochib o`rganilgan Xirbet al-Mafjar qasrida yaqqol seziladi. Hozirgi Iordaniya hududida joylashgan bu qasr Ummaviylar davridagi boshqa qasrlardan o`z tuzilishi bilan biroz farq qiladi. Unda saroydan tashqari masjid va hovlisida hovuz ham bo`lgan. Qasr pollari rangli plitalar bilan bezatilgan.
Ummaviylar davridagi naqqoshlik va tasviriy san`at haqida hozirgi Iordaniya hududida joylashgan Qusayr Amro va Mshatta qasrlaridagi topilmalar ham katta ma`lumot beradi. Qusayr Amro va Mshatta qasrlari vizantiyalik va suriyalik me`morlar tomonidan antik-vizantiya an`analariga monand ravishda barpo qilingan25.
Qusayr Amroning faqatgina bitta zali xarobalari va hammom devori saqlanib qolgan bo`lib, ularga turli xil tasvirlar tushirilgan. Ulkan devoriy rasmlar arablarning kundalik turmush tarzidan lavhalarni o`zida aks ettiradi. Har xil figuralar yordamida g`alaba, tarix, falsafa va she`riyatning ramziy timsollari mohirona ifodalangan. Ular ichida o`smir, o`rta yoshli kishi va qariya rasmi antik davr san`ati ruhida bo`lib, lavhalar inson hayoti bosqichlarini aks ettiradi. Qusayr Amroning markaziy zali devoriga shuningdek, musiqachilar, raqqosalar, cho`milayotgan ayol, turli hayvon va qushlarning yorqin tasviri tushirilgan. Afsuski, bu suratlarni yaratgan iste`dodli musavvirlarning nomi bizga ma`lum emas. Taxminlarga ko`ra, bu asarlar yunonistonlik va suriyalik rassomlar mo`yqalamiga mansubdir26.
Ummaviylar davriga mansub inshootlar ichida Mshatta qasri alohida o`rin tutadi. Qasr VII-VIII asrlarda hozirgi Iordaniya hududida qurilgan. Ammo xalifa Volid I vafotidan so`ng qasr qurilishi chala qolgan. Keyinchalik butunlay vayron bo`lgan. Mshatta 1840-yilda nemis arxeologlari tomonidan ochilgan. Qasrning tuzilishi islom davrigacha bo`lgan Suriya hukmronligining harbiy inshootlarini eslatadi. Mustahkamlangan to`rt burchakli hovli atrofida xonalar joylashgan. Asosiy kirish joyi to`g`risida joylashgan ayvonli zal rasmiy qabul joyi bo`lgan. Bu qasrni mashhur qilgan narsa asosiy kirish joyining ikki tomonidagi devorning pastki qismida toshga o`yib ishlangan naqshli plita bo`lib, u 5 metr balandlikda, zigzag shaklidadir. Zigzaglar ulkan uchburchaklarni tashkil etgan, uchburchaklar ichiga esa, turli lavhalar tushirilgan, ular ichidan sherlar, ho`kizlar, qushlar va boshqa tasvirlarni aytib o`tish mumkin. Bu naqshli plitalarni turk sultoni 1903-yilda Germaniyaga sovg`a qilgan. U Berlindagi musulmon mamlakatlari san`ati muzeyida saqlanmoqda27.

Yüklə 332,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin