Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi. Tasavvuf nima ?



Yüklə 27,77 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü27,77 Kb.
#97684
  1   2   3
mt


  1. Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi. Tasavvuf nima ?

IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o‘ynay boshladi. Movarounnahrda bu davr arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davri bo‘lgan bo‘lsa, islom bu vaqtda SHarqda keng tarqalib jahon dini darajasiga ko‘tariladi, musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. Arab tili davlat tili darajasiga ko‘tariladi. Azaldan savodli bo‘lgan, madaniyat darajasi yuqori darajaga ko‘tarilgan xalq tez orada nafaqat arab tilini, balki islomni ham chuqur o‘rganib, arab tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni etishtirib chiqara boshladi.
Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar va g‘aznaviylar, Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom dini, uning ta’limotiga, tarixiy ahkomlariga e’tibor bir necha bor kuchaya boshlaydi. SHaharlarda masjidlaru-madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasa Kovushdo‘zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto qonunshunoslar uchun ham maxsus «Faqihlar madrasasi» degan ixtisoslashtirilgan madrasa qurdirilgan. Bunday bilim maskanlarida Qur’oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama mukammal o‘rganilgan.
O‘sha davr shaharlari orasida islom dini ta’limotini chuqur targ‘ib qilishda Buxoro shahri alohida o‘rinni egallaydi.
Tasavvuf, ya’ni so‘fiylik islom dini asosida shakllangan diniy-falsafiy oqim bo‘lib, poklangan, zohid, taqvodorlik ma’nosini anglatadi. Uning asosida bu dunyo lazzatlarida voz kechish orqali Ollohga etish, uni bilish, u bilan birlashish yo‘lini qidirish yotadi. Hamadoniy ta’limotidan O‘rta Osiyoda ikki tasavvuf maktabi-yassaviylik va naqshbandiylik kelib chiqadi.
O‘rta Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan so‘fiylik oqimi YAssaviylikdir. Bu oqimga 1105 yilda YAssa (Turkiston) shahrida tug‘ilgan Ahmad YAssaviy asos slogan.
Najmiddin Kubro (1145-1221 yy.) – tasavvuf ta’limotining O‘rta Osiyodagi yirik vakillaridan biri. So‘fiylikdagi Kubraviya oqimining asoschisidir. XIV asrda tug‘ilib, Misr, Tabriz va Hamadonda ilm olgan. Ko‘hna Urganchga qaytib, o‘z ta’limotini rivojlantirib, shu erda yangi sufiylik oqimiga asos soladi.


Yüklə 27,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin