Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi. Tasavvuf nima ?



Yüklə 27,77 Kb.
səhifə3/3
tarix14.04.2023
ölçüsü27,77 Kb.
#97684
1   2   3
mt

TEMUR TUZUKLARI" — Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida "Temur tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-asrlarda Hindistonda yozilgan.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, shu jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin O'rda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.
Turkistonning xonliklarga bo‘linib ketishining asosiy sabablari
XV asr oxiri -XVI asr boshida Xuroson va Movarounnahrning bir necha mustaqil mulklarga bo’linib ketishi, ayrim viloyatlar hokimlari o’rtasida uzluksiz davom etgan o’zaro nizolar avj olishi oqibatida Temuriylar saltanatining iqtisodiy va siyosiy inqirozi tezlashmoqda edi. Masalan, Farg’ona, Xisor, Samarqand, Buxoro singari mulklari markaziy hokimiyat bilan bog’lanmagan mustaqil siyosiy boshqaruviga ega bo’lgan. Xorazmni So’fiylar sulolasining vakili mustaqil boshqargan. Buning ustiga yana ularning ko’plari imperiya markazi Samarqandga bo’lgan da’vogarlik maqsadini amalga oshirish uchun goh mo’g’ullardan, goh ko’chmanchi o’zbeklardan harbiy yordam so’rash yo’liga ham o’tganlar. Natijada, mamlakatda tijorat ishlari va karvon savdosi deyarlik to’xtadi, dehqonchilik va hunarmandchilik izdan chiqdi, xalqning moddiy ahvoli og’irlashdi.
Yüklə 27,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin