Muhammad
Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi
Islom
Islom tarixi
Din asoslari
Allohning birligi
•
Tavhid
Farishtalar
•
Kitoblar
Paygʻambarlar
•
Qiyomat
Qazo
va
Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
Namoz
•
Roʻza
Haj
•
Zakot
Muhim Shaxslar
Muhammad SAV •
Abu Bakr
•
Umar
•
Usmon
•
Ali
•
Sahobalar
•
Ahli bayt
•
Ashari mubashshara
Muqaddas matnlar
Qurʼon
•
Hadis
•
Shariat
Islom huquqi
Muhammadning hayoti
Makonlar
•
Islom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablari
•
Soʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
Jihod
•
Bayramlar
Muborak kechalar
Islom portali
Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (
arabcha
: ٰ
ٱ ﺪْﺒَﻋ ِﻦﺑ ﺪﻤ َﺤ ُﻣ; tax.
570-yil
,
Makka
—
8-iyun
632-yil
,
Madina
)
[1][2]
—
islom
dini va birinchi
musulmonlar
jamoasi asoschisi. Musulmonlar
eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli
Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi.
Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“
(s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali
odamlarga
Qurʼon
nozil qilingan.
Quraysh
qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin
Makka
zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi
maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi
Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan
bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi
Abu
Tolib
oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi,
keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi,
badavlat beva ayol
Xadicha
xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan
shugʻullangan Muhammad
Suriyaga
safar qiladi, xususan,
Halab
va
Damashq
shaharlariga boradi.
Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammaddan
Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum,
Fotima
) koʻrgan.
Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan.
Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira
xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan.
U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.
Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka
yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi.
Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining
Allohdan
vahiy olayotganligini eʼlon qiladi.
Abu Rayhon Beruniyning
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
Dostları ilə paylaş: |