[ asaridagi rasm, unda Muhammad
]
haj
paytida
tasvirlangan.
Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi
Ali ibn Abu Tolib
, hamda
asrandi oʻgʻli
Zayd ibn Horisa
eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli
savdogarlaridan
Abu Bakr
,
Zubayr
, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos,
Abdurahmon ibn Avf
va
Usmon
ibn Affon
Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi
dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli
qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning
natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi
Efiopiya
) ga koʻchib
ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va
Umar ibn Xattobning
qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning
tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning
vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har
yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad
bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni
Yasribga
koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan
quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi
Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, hijrat)dan
musulmonlar erasi —
hijriy yil
hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar
shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.
Madinada birinchi
masjid
qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi,
Kaʼba
qibla
qilib
belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi
kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy
manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida
Badr
jangi
, 625 yilda Uhud togʻi etagida
Uhud janglari
boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-
kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal
sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar
joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida
nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada
jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning
6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf
etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi. Madinaga
qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda
Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631
yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil
martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan
Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (
haj
)ga bordi. Bu vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu
ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon
oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin
uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz
hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan,
musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar
hadislarda
bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat
paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom
anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma
kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi.
Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa
paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan
bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar
asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan
Abu Iso Termiziyning
„Shamoili nabaviya“, Muhammad
Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“, Muhammad ibn Solihning
„Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“, Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid
Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“, „Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-alliflarning
asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular
ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va
axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun
rasululloh“ deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta
boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-
choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari,
xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-
mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari,
yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining
miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida
bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql
qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari
Allohning paygʻambari — Muhammad
yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining
yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib,
goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror
kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan
oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar
edilar“.
Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom atTermiziy, Shamoili
Muhammadiyya, T., 1991; Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-kitob), T., 1997; Hazrati
paygʻambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob:
Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T.,
2003.
Mansur, Abdulaziz.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
1.
Abraha and Muhammad: some observations apropos of chronology and literary topoi in
the early Arabic historical tradition1, 1987. — s. 225–40.
DOI
:
10.1017/S0041977X00049016
(https://dx.doi.org/10.1017/S0041977X00049016)
.
Sherrard Beaumont Burnaby
Elements of the Jewish and Muhammadan calendars: with rules
and tables and explanatory notes on the Julian and Gregorian calendars (https://archive.org/d
etails/elementsofjewish00burnuoft)
. G. Bell, 1901. — s.
465 (https://archive.org/details/ele
mentsofjewish00burnuoft/page/465)
.
Hamidullah, Muhammad
„The Nasi', the Hijrah Calendar and the Need of Preparing a New
Concordance for the Hijrah and Gregorian Eras: Why the Existing Western Concordances
are Not to be Relied Upon“ (http://aaiil.org/text/articles/islamicreview/1969/02feb/islamicr
eview_196902.pdf)
, fevral 1969. — s. 6–12.
2.
Elizabeth Goldman (1995), p. 63, gives 8 June 632 CE, the dominant Islamic tradition. Many earlier
(primarily non-Islamic) traditions refer to him as still alive at the time of the Muslim conquest of
Palestine. See Stephen J. Shoemaker,The Death of a Prophet: The End of Muhammad's Life and the
Beginnings of Islam, page 248, University of Pennsylvania Press, 2011.
Dostları ilə paylaş: