Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob'ektiv-universal mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo‘lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari to‘g‘risidagi ta'limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari to‘g‘risidagi ta'limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat'i nazar, xolis o‘rganuvchi ta'limot.