45
fayl-funksiyaning
qobig‗idagi
hamma
o‗zgaruchilar lokal
o‗zgaruvchilardir, ya‘ni faqat funksiyaning ichida o‗rinli ;
fayl-funksiya mustaqil dasturiy modul bo‗lib,
boshqa modullar
bilan o‗zining kirish va chiqish parametrlari orqali aloqada
bo‗ladi;
fayl-funksiya MATLAB tizimini
kengaytirish vositasidir;
fayl-funksiya kompilyatsiya qilinadi va bajariladi,
hosil qilingan
mashina kodlari MATLAB tizimining ishchi sohasida saqlanadi.
Agar funksiya hisoblash natijalarini qaytarishi kerak bo‗lsa oxirgi
konstruksiya
var=ifoda
kiritiladi.
Fayl-funksiyaning yuqorida keltirilgan shakli bitta chiqish parametriga
ega bo‗lgan funksiyalar uchun harakterli. Agar chiqish parametrlari ko‗p
bo‗lsa, ular function so‗zidan keyin
kvadrat qavslarning ichida
ko‗rsatiladi. Bu holda modulning tarkibi quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi:
function [varl,var2....]=f_nomi (parametrlar ro‗yxati)
%Asosiy izoh
%Qo‗shimcha izoh
Turli ifodalarni o‗z ichiga oluvchi fayl qobig‗i
vag1=ifoda
vag2=ifoda
Bunday funksiya protsedurani eslatadi. U bir emas bir necha natijani
qaytaradi. Uni bevosita matematik ifodalarda qo‗llash xatoliklarga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun bunday funksiyadan
dasturning alohida
elementi kabi foydalaniladi:
[var1,va2,... ]=f_nomi(Parametrlar ro‗yxati)
U qo‗llanilgandan keyin chiqish o‗zgaruvchilari varl, var2,...
aniqlangan bo‗ladi va ularni keyingi matematik ifodalarda yoki dasturning
boshqa segmentlarida ishlatish mumkin. Agar bunday funksiya
name(Parametrlar ro‗yxati) ko‗rinishida
ishlatilsa, faqat birinchi chiqish
parametri – var1 ning qiymatini qaytaradi.
Agar funksiyadagi o‗zgaruvchilar global bo‗lishi zarur bo‗lsa, ular
global varl var2... komandasi yordamida e‘lon qilininadi.
Dostları ilə paylaş: