25
Qurilgan grafik 4.1-rasmda keltirilgan.
Grafik plot komandasi yordamida qurilganda funksiyaning x vektor
yordamida berilgan nuqtalardagi o‗zaro siniq chiziqlar bilan birlashtiriladi.
Bunday nuqtalar soni ko‗p bo‗lsa (masalan, 100 ta) grafik ko‗zga silliq
bo‗lib ko‗rinadi, agar kam bo‗lsa (masalan 10 ta) grafik siniq chiziqlardan
iboratdek bo‗lib ko‗rinadi.
Grafiklarni MATLAB grafik oynalar deb ataluvchi alohida oynalarda
quradi. Bu oyna MATLABning komandalar oynasidan farq qiladi. Grafik
oynaning bosh menyusidagi Tools (Asboblar) punkti yordamida asboblar
panelini ochish va grafiklarning parametrlarini
osonlik bilan boshqarish
mumkin.
Yagona oynada bir necha funksiyaning grafigini qurish
Bir yo‗la uchta funksiya: sin(x), cos(x) i sin
(x)/x
larning grafiklarini
qurishga harakat qilib ko‗raylik. Bu funksiyalarni argumenti yaqqol
ko‗rsatilmaydigan y(x) ko‗rinishidagi o‗zgaruvchilar
bilan belgilash
mumkin:
»y1=sin(x); y2=cos(x); y3=sin(x)/x;
Bunday imkoniyat y(x) o‗zgaruvchilarning x o‗zgaruvchi kabi vektor
bo‗lganligi sababli o‗rinli. Endi plot komandasining shakllarining biridan
foydalanishimiz mumkin:
plot(a1,f1,a2,f2,a3,f3,…).
bu yerda al, a2, aZ,…, — funksiya
argumentlarining vektorlari
(yuqoridagi holda ularning hammasi – x) , f1, f2, f3,… —grafiklari
yagona oynada qurilayotgan funksiyalar qiymatlarining vektorlari.
Ko‗rsatilgan funksiyalarning grafiklarini qurish uchun plot komandasini
quyidagicha yozamiz:
» plot(x,y1,x,y2,x.y3)
MATLAB kerakli grafiklarni qurishini kutish mumkin. Lekin hech
qanday grafik qurilmaydi. Buning sababi sin(x)/x ifodani hisoblashda.
Agar x massiv bo‗lsa matrisaviy bo‗lish / operatorini qo‗llash
mumkin
emas. Grafiklarni olish uchun
sin(x)
ning
x
ga
nisbatini massivlarni
elementlararo bo‗lish operatori
./
yordamida hisoblash kerak:
>> x=0:0.1:10;
>> y1=sin(x); y2=cos(x); y3=sin(x)./x;
Warning: Divide by zero.
(Type ―warning off MATLAB:divideByZero‖ to suppress this
warning.)
26
>> plot(x,y1,x,y2,x,y3)
MATLAB x=0 da 0 ga bo‗lish yuz berganligi to‗g‗risida
ogohlantirish berganligiga e‘tibor bering. Gap shundaki plot, sin(x)/x=0/0
noaniqlikni bartaraf etish mumkinligi va u birga tengligini bilmaydi.
Bunday kamchilik hamma sonli hisoblash tizimlari uchun harakterli.
Hosil qilingan grafiklar quyidagi 4.2-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: