1-MA’RUZA Energetika masalalarini algoritmlash va dasturlashtirish Reja: 1.
Matematik ifodalar
2.
Energetika masalalarini algoritmlash va dasturlashtirish
3.
O‗zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish
4.
Nazorat savollari
Matematik ifodalar Hamma matematik tizimlarda matematik ifoda markaziy tushuncha
bo‗lib hisoblanadi. U sonlar ko‗rinishida (ayrim hollarda simvollar
ko‗rinishida) nima hisoblanishi kerak ekanligini belgilaydi. Misol uchun:
2+3
2.301∙sin(x)
4+exr(3)/5
sqrt(y)/2
sin(pi/2)
Matematik ifodalar sonlar, konstantalar, o‗zgaruvchilar, operatorlar,
funksiyalar va har xil maxsus belgilar yordamida tuziladi. Bunday
tushunchalarga quyida qisqacha izohlar berilgan.
Haqiqiy va kompleks sonlar Sonlar – MATLAB tilining miqdor qiymatlarini o‗zida aks ettiruvchi
eng sodda obyektlaridir. Agar sonning nomi qiymatiga mos kelsa, uni
konstanta deb atash mumkin. Sonlar butun, kasr, belgilangan yoki
suzuvchi nuqtali bo‗lishi mumkin. Ularni mantissasi va tartibi orqali ham
ko‗rsatish mumkin. Masalan:
0,2
-3
2.301 0.00001 123.456e-24
-234.456e10
Sonning mantissasida butun qism kasr qismdan vergul orqali emas,
nuqta orqali ajratiladi. Sonning mantissasini tartibidan ajratish uchun
e simvoli ishlatiladi. Musbat sonlarning oldiga «plyus» ishorasi qo‗yilmaydi,
manfiy sonlarning oldiga qo‗yiladigan «minus» ishorasi
unar minus deb
4
ataladi.
Sondagi simvollar orasiga probel qo‗yish mumkin emas. Sonlar
kompleks bo‗lishi mumkin
: z=Re(x)+Im(x)*i. Bunday sonlar haqiqiy
Re(z) va mavhum Im(z) qismlardan iborat bo‗ladi. Sonlarning mavhum
qismi -1dan kvadrat ildizga teng bo‗lgan
i yoki
j ko‗paytiruvchiga ega
bo‗ladi:
2j
2+3i
-3.141i
-123.456+2.7e-3i
Sonning haqiqiy qismi Re(z) ni real (z) funksiyasi qaytaradi, imag(z)
funksiyasi esa — mavhum ( Im(z)) qismini qaytaradi. Kompleks sonning
modulini olish uchun abs(z) funksiya va fazasini olish uchun angle(z)
funksiya ishlatiladi.
Quyida kompleks sonlar bilan ishlashga misollar keltirilgan:
»i
ans=
0+1.0000i
» j
ans =0 + 1.0000i
» z=2+3i
z =
2.0000 + 3.0000i
» abs(z)
ans =
3.6056
» real(z)
ans=
2
» imag(z)
ans =
3
» angle(z)
ans =
0.9828
MATLAB tizimida sonlarni butun va kasr, uzun va qisqa va h.k.
sonlarga ajratish qabul qilinmagan, lekin bunday formatlarni berish
imkoniyati bor. Umuman olganda sonlar ustida amallar
ikkilangan aniqlik formatida amalga oshiriladi. Bunday format sonli hisoblarga qo‗yiladigan
ko‗pchilik talablarni qoniqtiradi, lekin erkin (absolyut) aniqlik talab
5
qilinadigan simvolli hisoblarga umuman to‗g‗ri kelmaydi. MATLAB
tizimida simvolli hisoblar maxsus Symbolic Math Toolbox kengaytirish
paketidan foydalanib hisoblanadi.