15
perspektivani boshqarish va
OpenGL yordamida grafikani
tezkor chiqarish uchun yangi Camera asboblar paneli;
Java-protseduralarni chaqirish uchun yangi interfeys va
bevosita MATLABdan turib Java-obyektlardan foydalanish;
foydalaniluvchi grafik interfeysni loyihalash uchun yangi,
zamonaviy asboblar;
grafik ma‘lumotlarni bevosita grafika
oynasida qayta ishlash
(regressiya, interpolyatsiya, approksimatsiya va asosiy statistik
parametrlarni hisoblash);
Visual Studio tizimi uchun MATLABning yangi ilovasi, uning
yordamida bevosita Microsoft Visual Studio dan Si va Si++
kodlarni bajariluvchi MATLAB fayllariga (MEX-fayllar)
aylantirish mumkin;
Visual Source Safe kabi kodning versiyalarini nazorat qiluvchi
versiyalar bilan integratsiyalashgan;
MATLABdan tashqi qurilmalar bilan ma‘lumot almashish
uchun yangi interfeys (ketma-ket port) ;
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar
vazifalariga mos holda guruhlarga bo‗lingan:
signallar manbalari,
qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, chiziqli bo‗lmagan, matematik
funksiyalar
va jadvallar, signallar va tizimlar. Foydalaniluvchi blok
va bibliotekalar yaratish funksiyasiga ega bo‗lganligi sababli
Simulinkda qo‗shimcha ravishda kengayuvchi bloklar bibliotekasini
hosil qilish mumkin. Biriktirilgan va
foydalaniluvchi bloklarning
funksionalligini sozlashdan tashqari belgi(znachok) va dialoglardan
foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil qilish ham mumkin.
Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning (motorlar,
o‗zgartkichlar, servo-klapanlar, ta‘minlash manbalari,
energetik
qurilmalar, filtrlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik
kompanentlar) ishlashini modellashtiruvchi
bloklar yaratish
mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda foydalanish uchun bibliotekada
saqlab qo‗yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: