6
ans =
NaN
Yuqorida ta‘kidlanganidek, tizim o‗zgaruvchilarini
qayta aniqlash
(o‗zgartirish) mumkin. Masalan, eps tizim o‗zgaruvchisiga boshqa
qiymatni
berish mumkin, eps=0.0001.
Simvolli konstanta —
apostroflar orasiga olingan simvollar, masalan:
'Hello my friend!'
'Salom'
'2+3'
Agar apostroflar orasiga matematik ifoda olingan bo‗lsa
hisoblanmaydi, balki simvollar ketma- ketligi deb qaraladi. Lekin
maxsus
funksiyalar yordamida simvolli ifodalarni hisoblanadigan ifodalarga
o‗zgartirish mumkin.
Matnli izohlar
MATLAB murakkab hisoblar uchun ishlatilishi sababli ularning
tavsiflari yaqqol va tushunarli bo‗lishi kerak. Buning uchun matn izohlari
qo‗llaniladi. Matn izohlari %
simvoli yordamida kiritiladi, masalan:
% factorial function
MATLAB ingliz tilidagi mahsulot. Shu sababli izohlar (ayniqsa, m-
fayllarda) rus harflari yordamida terilgan dasturlar ishlamasligi mumkin.
Bundan tashqari, izohlarda ruscha «s» harfi terilgan bo‗lsa keyingi satrga
o‗tib ketish muammosi yuzaga keladi. Bu holda ruscha «s» ning o‗rniga
inglizcha «s» ni ishlatish maqsadga muvofiq.
Odatda m-fayllarning birinchi satrlari help «Fayl_nomi» buyrug‗idan
keyin
ekranga chiqariluvchi, ular to‗g‗risidagi qisqacha axborot bo‗ladi.
Etarli darajada mukammal matnli izohlarning m-fayllarga kiritilishi
keyinchalik ular bilan ishlashni osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: