Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Treat as gain when linearizing (bayroqcha)



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

 
Treat as gain when linearizing (bayroqcha)
- Liniyalashtirishda 
uzatish koeffitsiyenti birga teng bo‗lgan kuchaytirgich sifatida olish.


82 
Blokning chiqish signali quyidagi algoritmga asosan hisoblanadi:
Agar kirish signali sezmaslik zonasining ichida bo‗lsa, chiqish 
signali nolga teng bo‗ladi;
Agar kirish signali sezmaslik zonasining yuqori chegarasiga teng 
yoki undan katta bo‗lsa chiqish signali kirish signalidan yuqori 
chegaraning qiymati olib tashlanganiga teng bo‗ladi;
Agar kirish signali sezmaslik zonasining pastki chegarasiga teng 
yoki undan kichik bo‗lsa chiqish signali kirish signalidan pastki 
chegaraning qiymati olib tashlanganiga teng bo‗ladi.
Dead Zone
blokidan foydalanishga misol 11.2-rasmda ko‗rsatilgan.
11.2-rasm. Dead Zone blokidan foydalanishga misol 
Releli blok Relay 
 
Vazifasi: 
Releli nochiziqlikni amalga oshiradi. 
Parametrlari:
Switch on point
– ulanish chegarasi. Rele ulanadigan qiymat; 
 
Switch off point
- uzilish chegarasi. Rele uziladigan qiymat;
 
Output when on
– rele ulangan holatdagi chiqish signalining 
qiymati; 
 


83 
Output when off
- rele uzilgan holatdagi chiqish signalining 
qiymati.
Blokning chiqish signali ikki qiymatdan birini qabul qilishi mumkin. 
Ulardan biri rele ulangan va ikkinchisi rele uzilgan holatga mos keladi. 
Rele bir holatdan ikkinchisiga sakrab o‗tadi. Ulanish va uzilish chegaralari 
har xil bo‗lganda blok gisterezisga ega bo‗lgan releli harakteristikani 
amalga oshiradi. Bunda relening ulanish chegarasi uzilish chegarasidan 
katta bo‗lishi kerak.
Relay blokidan foydalanishga misol 11.3-rasmda keltirilgan. Vaqt 
diagrammalaridan ko‗rinib turganidek rele kirish signali 0.5ga yetganda 
ulanadi va -0.5 gacha pasayganda uziladi. 
11.3-rasm. Relay blokidan foydalanishga misol 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin