2 Idrok etish, bilim faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar 4 guruhga bo’linadi.
Tushuntirishillyustrativ(axborotretseptiv):
tushuntirish;
illyustrativ;
axborot;
retseptiv3
Bu metodlarning xarakterli xususiyatlari bilimlar tayyor holda tavsiya etilishidir. Bu metodlar bilimlarni idrok qilish, tushunish, xotiraga joylashtirishga qaratilgan.
O’quv jarayonida axborotlarning turli manbalari (so’z, ko’rgazali qurollar va boshqalar) qo’llaniladi. Bayon qilish ham indukiv, ham deduktiv yo’l bilan olib borilishi mumkin.
Bu metodning mazmuni unga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
O’qituvchi turli usullar bilan bu bilimlarni o’quvchi, talabalar tomonidan qabul qilinishini tashkil qiladi;
O’quvchi, talabalar bilimni o’zlashtiradilar va xotiralarida saqlab qoladilar.
Bilimlarni qabul qilish bilan cheklanish doim ham olingan bilimlardan foydalanish mahorati va ko’nikmalarini shaklantirmaydi. Bilim olish faoliyatini faqat tayyor bilimni eslab qoishga qaratilishi ularni xatosiz, ayrim hollarda tushunmasdan ham xotirada saqlash aqliy faollikni past darajada bo’lishiga olib keladi.
Reproduktiv metod.
Bu metod talabalarni olgan bilimlarini anglash, tushunib etishlarini, eslab qolishlarini ta’minlashga qaratilgan. Olinan bilimni mustahkamligi tez–tez takrorlash yo’li bilan ta’minanadi.
O’qitishning reproduktiv metodi quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
o’quvchi, talabalar bilimlarni tushunib o’zlashtiradilar. o’zlashirishning mezoni olgan bilimlarini xotirada to’g’ri tikash (reproduktsiya)dir;
o’zlashtirishning mustahkamligi axborotni ko’p marta qaytarish yo’li bilan ta’minlanadi.
Har ikki metodning afzalligi qisqa muddatda, ko’p kuch sarfamay katta hajmdagi axborot va bilimlarni o’quvchi, talabalarga etkazishni ta’minlash imkoniyatiga egaligidir. Bilimni puxta egallashga takrorlash orqali erishiladi.
O’qitishning har ikki metodi o’quvchitalabalarga ta’limning tayyor mazmunini uzatishga, o’quv dasturlari, darsliklar, fan bo’yicha axborotni o’zlashtirishga qaratilgan.
Mavjud kamchiliklariga qaramasdan, informatsionretseptiv usul kam kuch sarflab, bilimlar va ko’nikmalarning kattagina hajmini o’zlashtirish imkonini beradi.
Inson faoliyati tabiatan reproduktiv, ijrochi yoki ijodiy bo’lishi mumkin. Reproduktivfaoliyatijodiyfaoliyatgaturtkiberadi,uningboshlanishibo’ladi.Shuninguchununita’limdaqo’llashninazar–pisandqilmaslik,mensimasliknoto’g’ri. Shu bilan birga uni haddan tashqari keng qo’llash ham to’g’ri emas. Eng ma’quli, ularni boshqa metodlar bilan birgalikda qo’llashdir.
Bu metodda o’qituvchi tomonidan mavzuning mazmuni muammoli tarzda bayon qilinadi. O’qituvchi mavzuning mazmunidan kelib chiqib, muammo ko’yib, uni echimini ko’rsatadi. Bu metod talabalarni ijrochilikdan ijodkorlikka o’tishini ta’minlaydi. O’qitish jarayonining ma’lum bosqichlarida talabalar muammoli masalalarni mustaqil ravishda echa olmaydilar. Shuning uchun o’qituvchining dars o’tish usulini kuzatib, shunday vaziyatlarda masalani qay tarzda echishni, qanday qarorga kelishni o’rganadilar.
G) Qisman ijodiy (evristik) metodlar.
Bu metodda:
Bilim mustaqil ravishda egallanadi;
o’qituvchi axborotni o’rganish yoki bilim egallashda turli metodlar yordamida mustaqil ishlashni tashkil etadi;
o’quvchi, talabalar mustaqil fikr yuritishadi.
Masala, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish taqsimlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o’rganishadi. Natijada talabalarda anglab etilgan puxta bilim shakllanadi.
O’quvchitalabalar ko’pincha murakkab muammoni mustaqil hal qilisha olmaydi. Ularga o’qituvchi ko’mak beradi. O’quv faoliyati o’qituvchi–o’quvchi,o’quvchi–o’qituvchisxemasida amalga oshadi. Bilimlarning ma’lum bir qismini o’qituvchi beradi, qolgan qismini o’quvchitalabalar mustaqil o’rganishadi.
D) Tadqiqiy metodlar:
Bunday metod bilimni tadqiq etish jarayonida egallashni ko’z da tutadi.
U:
O’qituvchi o’quvchitalaba bilan muammoli masalani aniqlaydi, uni hal qilishga vaqtning ma’lum bir qismi ajratiladi.
O’qituvchi mavzuni bayon qilmaydi. Talabalar mustaqil ravishda muammoli masalani echish, olingan javoblarni turli variantlarini taqqoslash jarayonida mavzuni o’rganishadi. Natijani qanday bo’lishini ham o’zlari aniqlashadi.
O’qituvchining faoliyati muammoli masalalarni echish jarayonini boshqarishdan iborat bo’ladi.
O’quv jarayoni yuqori intensivligi bilan xarakterlanadi. O’qish qiziqarli bo’lib, olingan bilimning chuqur va puxtaligi, amalda qo’llashni o’rganish bilan farq qiladi.
Bu metodni qo’llash o’qituvchidan yuqori darajada malaka talab etadi.