33
Grafikda umumiy ishlab chiqarish hajmining egri chizig‘I uch fazadan
o‘tadi: boshida jadallashgan sur‘at bilan yuqoriga ko‘tariladi, so‘ng uning
yuksalish sur’ati sekinlashadi va nihoyat maksimal nuqtaga yetib pasaya
boshlaydi (16(a) - rasm). Me’yoriy unumdorlik har bir qo‘shimcha jalb
qilingan ishchi bilan umumiy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini
ifodalaydi (16(b) – rasm). Agar ishlab chiqarishning umumiy hajmi oshib
borayotgan tezlik bilan ko‘paysa, me‘yoriy unumdorlik ham oshib boradi.
Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi pasayib
borayotgan tezlik bilan
ko‘paysa, me’yoriy unumdorlik musbat miqdorga ega bo‘lsa ham, lekin
kamayadi. Ishlab chiqarish hajmi maksimal nuqtaga yetganda, me’yoriy
unumdorlik 0 teng bo‘ladi, ishlab chiqarish hajmi pasaya boshlaganda,
me’yoriy unumdorlik manfiy qiymatga ega bo‘ladi.
O‘rtacha unumdorlik – bu bir ishchiga to‘g‘ri
keladigan ishlab
chiqarish hajmi. E’tibor bering, me’yoriy unumdorlik egri chizig‘i
o‘rtacha unumdorlik egri chizig‘ini uning maksimal qiymat nuqtasida
kesib o‘tadi.
Shunday qilib, samaraning kamayib borishi qonuni rasmda uchta egri
chiziq orqali ifodalanadi.
Uzoq muddatli davrda korxona, hatto tarmoq ham resurslar tarkibidagi
istagan o‘zgarishlarni kiritishi mumkin. Korxona o‘z
ishlab chiqarish
quvvatlarini o‘zgartirishi, ya’ni ularni kengaytirib yoki kamaytirishi
mumkin. Tarmoq ham o‘z ko‘lamini yangi firmalar kirib kelishi hisobiga
kengaytirishi yoki mavjud firmalar chiqib ketishi
hisobiga qisqartirishi
mumkin. Shuningdek, uzoq muddatli davrda
barcha resurslar miqdori
o‘zgaradi va mos ravishda xarajatlar egri chiziqlari farqlanadi. 16-rasmda
qisqa muddatli davrdagi kichik, o‘rta va
yirik korxonalarning uchta
o‘rtacha umumiy xarajatlar egri chiziqlari hamda uzoq muddatli davrdagi
o‘rtacha umumiy xarajatlar egri chizig‘i tasvirlangan. Uzoq muddatli
davrdagi
o‘rtacha umumiy xarajatlar egri chizig‘i bo‘ylab
harakatlanganda, korxonalarning quvvatlari ishlab chiqarish hajmiga mos
ravishda o‘zgaradi.
34
17-rasm.
Qisqa va uzoq muddatli davrda o‘rtacha umumiy xarajatlar
Rasmda qisqa va uzoq muddatli davrdagi xarajatlar o‘rtasidagi
bog‘liqlik aks ettirilgan. Uzoq muddatli davrda o‘rtacha
umumiy
xarajatlar egri chizig‘i nisbatan yassi U shakldagi ko‘rinishga ega. Bundan
tashqari, uzoq muddatli davrda korxonalarning moslashish darajasi
yuqoriroq bo‘lgani uchun ushbu egri chiziq qisqa muddatli xarajatlar egri
chiziqlaridan pastroq joylashgan.
Agarda uzoq muddatli davrdagi ishlab chiqarish hajmi o‘sib
borishi
bilan o‘rtacha umumiy xarajatlar pasaysa,
Dostları ilə paylaş: