Isbotlаsh tushunchаsi vа tuzilishi. Isbotlаsh turlаri. Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffakiyatlari ular kullaetgan bilimlarning kay darajada chin bo‘lishiga, yani bu bilimlarning vokelikni kanchalik to‘g‘ri aks ettirishga boglik. Xato fikrlar predmetlarning real alokalari va munosibatlarini buzub kursatadi, bilishda kup chalkashliklarga olib keladi.Shuning uchun ham bilish jaraenida Har bir fikrni to‘g‘ri kurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan kursata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muxum aham iyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin kup xollarda bilish jaraenida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan boglash orqali aniklanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usulii isbotlashdir.
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan boglangan boshqa chin hukmlar yerdamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstransiya.
Tezis-chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi:butun dikkat-etibor uning chinligini kursatishga qaratiladi.Tezis bir muloxazaning uzidan, yoki muloxazalar tizimidan,yoki teoremalardan, yoki anik faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Arlumentlar bo‘lib faktlarni kayd kiluvchi hukmlar, tariflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar ham da boshqa emperik va nazariy umumlashmalar xizmat kiladi.Argument sifatida keltirilgan faktlar,albatta, o‘zaro boglangan va tezisning moxiyatiga alokador bo‘lishi lozim.
Tariflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argumentsifatida foydalanish mumkin. Masalan, "Harakat - bu Har qanday o‘zgirishdan iborat " degan tarif-chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab kilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida kup martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli-demonstransiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy alokaddan iborat. U xulosa chikarish shaklida bo‘ladi, yani tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chikariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud:bevosita isbotlash,bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan to‘g‘ri argementlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p xollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va malum bir umumiy bilimdan,masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan "O‘zbekiston - mustaqil davlatdir" degan hukm (tezis)ning chinligi "O‘zbekistonning mustakil davlat deb elon kilinishi, uning xalkaro mikesda etirof etilishi" kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan kimning (antezisning) xatoligini kursatish orqali asoslanadi. Antitezisning qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash fark kilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a-) o‘rtasidagi munosibatga asoslanadi. Masalan "Materiya Harakatsiz mavjud emas" degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan " Materiya Harakatsiz mavjud " degan hukm olinadi.