To‘liqsiz induksiya shunday extimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga xosligini aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to‘liq induksiyadagidek juz’iylikdan umumiylikka kamroq umumiylashgan bilimdan ko‘proq umumiylashgan bilimga qarab ќarakat qiladi. Lekin unda to‘liq induksiyadan farqli o‘laroq xulosa kuzatish tajriba davomida qayd etilmagan o‘rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo‘ladi.
Аnаlogiя, uning turlаri. Аnаlogiя vа modellаshtirish.Analogiya (grek. – moslik, o‘xshashlik) bevosita xulosa chikarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab Harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy xolatga qarab Harakatlanadi.
Analogiyada predmendlarning uxshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir katorda, ob’ektiv uxshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida uz ifodasini topadi. Ob’ektiv raellikning utrli soxalarga oid qonun va koidalar tuzulishi jixatidan uxshash bulsa, ular aks ettirgan vokealikdan turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda uxshash bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chikarish ob’ektiv reallikning cheksiz kurinishlari ham da unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari strukturalaridagi uxshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlvtlar, ijtimoiy tuzumlar moxiyatida uxshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar uxshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chikariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborat o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taallukli bo‘ladi. Masalan, kadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola kullikdan ozod bo‘lishi uchun o‘zlariga kanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiarish kuyidagi kurinishda bo‘ladi:
Kush tirik mavjudod, uning kanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudod, uning kanoti yo‘k, u uchmaydi. Insonning ham kanoti bulsa, u, extimol uchadi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chikarish boshqa xulosa chikarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar o‘rtasidagi mantiqiy alokadan iboratdir. Uning xulosasi extimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlrni talab kiladi. Anik asoslardan ba’zan anik, ba’zan extimoliy xulosa chikadi.