Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Oddiy qаt’iy sillogizm, uning tаrkibi, аksiomаsi vа umumiy qoidаlаri



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə48/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Oddiy qаt’iy sillogizm, uning tаrkibi, аksiomаsi vа umumiy qoidаlаri. Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. Sillogizm qoshib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu terminda mantiqda, odatda, detuktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakli-ki, unda o‘zaro mantiqiy boglangan ikki qat’iy mulohozadan uchunchi - yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikga asoslangan xulosa chiqarish deb atasa bo‘ladi. Masalan: quydagi mulohazalar berilgan bolsin.
Hech bir xasis saxiy emas,
Ba’zi boylar xasisdir.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda "Ba’zi boylar saxiy emas" - degan uchunchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
S illogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (sonclusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi - S -kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi - P- katta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha - M - (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi ular ifodalagan tushunchalarning hajmiga boglik. Terminlar o‘rtasidagi munosabatni doiralar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin.
S-kichik termin
M-o‘rta termin
P-katta termin
 Sillogizm aksiomasi. Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi.
Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko‘ra ya’ni attributiv tariflash mumkin.

yoki

Р
S

illogizm xulosasining asoslaridan zaruriy keltirib chiqarilishi quydagi qoidaga asoslanadi: "agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchunchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchunchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi" yoki "bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bulsa, ikkinchi buyum esa uchunchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchunchi buyumdan tashkarida joylshagan bo‘ladi".


Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomaning mohiyati quydagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon kilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va hodisalarning Har biri yoki ayrim kismiga ham taalukli bo‘lgan tasdiq yoki inkor fikr xisoblanadi. Masalan:
Tafakkur shakllari ob’ektiv Harakterga ega.
Tushuncha tafakkur shaklidir.
Tushuncha ob’ektiv Harakterga ega.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum hodisaning belgisidir, buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning uziga ham ziddir.
Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni uzaro uzliklsiz, ob’ektiv boglangan bir butunning ayrim tamonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, ham ma umumiylikga xususiylik juz’iylik, xususiylik umumiylik xislatiga ega bo‘lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining uzaro uzviy boglanganligini, ya’ni buyumlar jinsi, ayrim uziga belgiga ega bulsa, albatta bu belgi shu jinslagi ham ma buyumlar uchun ham xos belgi bo‘lishini ifodalaydi. Bular esa uz navbatida yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi, mikdor va sifat o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o‘ziga xos namayon bo‘lishidir.
Sillogizmning umumiy qoidalari. Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo‘lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal kilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taallukli bo‘lgan qoidalar bo‘lib, kuydagilardan iborat:
1.Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o‘rta terminlar bo‘lishi kerak. Ma’lumki sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o‘rta terminga bo‘lgan munosabatiga asoslanadi: shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo‘lmasligi talab kilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo‘lsa xulosasi yangi bilm bermaydi.
Masalan: ham ma notiqlar suz sanatini chukur egallagandir.
So‘z sanatini chukur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bulmaydi,chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzulishi bilan boglik bo‘lib, terminlarning turtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga olib keladi.
Davlat - iqtisodiy munosabatlarining siyosiy ifodasidir.
Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir.
Bu muloxazalardan "davlat" tushunchasining ikki xil ma’noda qullanilishi chetki terminlarining uzaro mantiqiy boglanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo‘lishi asoslar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo‘ladi.
Ham ma notiqlar - shuxratparast.
Sitseron - davlat arbobi bo‘lgan.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazalar o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan.
2. O‘rta termin hech bo‘lmaganda asoslardan birida tula hajmda olinishi kerak.
Agar o‘rta termin hech bir asosda to‘lik xajmda olinmasa, chetki terminlarning boglanishi noanik bo‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniklab bulmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning ham ma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o‘rta termin katta asosda juz’iy hukmning sub’ekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bo‘lganligi uchun tulik xajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o‘rtasidagi bogliklik aniklanmagan. Bu asoslardan chiqarilgan xulosalar noanik bo‘ladi.
a) Kafedramizning ham ma a’zolari notiqdir.
b) Kafedramizning ba’zi a’zolari notiqdir.
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday xajmda olingan bulsa,xulosada ham shunday xajmda bo‘lishi kerak.
Bu qoidaning buzulishi kichik yoki katta termin xajmining nourin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:
Ham ma studentlar imtixon topshradilar.
Hech bir abuturent student emas.
Hech bir abuturent imtixon topshrmaydi.
Bu misolda kichik termin xajmining nourin kengayib ketishi xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
5.Ikki juz’iy hukmdan xulosa chiqarib bulmaydi. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
6.Asoslardan biri inkor hukm bo‘lsa, xulosa ham inkor hukm bo‘ladi.Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz kolmaydi.
Vatanga xiyonat kilish jinoyatdir.
Vatanga xiyonat kilish jazosiz kolmaydi.
7.Asoslardan biri juz’iy hukm bolsa, xulosa ham juz’iy hukm bo‘ladi.Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota - onasini hurmat qiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin