Hukm tafakkur shakli sifatida. Hukmning tarkibi va xususiyatlari. Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashki xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham Har-xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda tugal predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda kilingan bo‘ldi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (extimol, taxminiy) bo‘ladi. Obektiv voqelikka mos kelgan uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bulmaydigan hukmlar noaniq hukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi.
Masalan, "Vaqt orqaga qaytmaydi","Xayot-bu Harakat" kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.
Oddiy hukmlar. Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bulmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan,"Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shaklantiradi", degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. "Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi", degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: "Mantiq ilmi tafakkur shakllarini urganadi" va "Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini urganadi", degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Muloxaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega-sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim- predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy elementi mantiqiy boglamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan boglaydi, natijada hukm xosil bo‘ladi. Oddiy qa’tiy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
Oddiy hukmlar sifati va mikdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra tasdiq va inkor hukmlar farklanadi. Hukmning sifatini mantiqiy boglama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, "A.Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madxiyasining muallifidir"-tasdiq hukm, "Matematika ijtimoiy fan emas"- inkor hukm. Mikdoriga ko‘ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bulinadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning xajmidan kelib chikiladi.
Yakka hukmlarda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi xakida fikr bildiriladi. Masalan: "O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir", "Axmedov tarixchi emas".
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining ham masiga yoki undagi Har bir predmetga taalukli yoki taalukli emasligi xakida fikr bayon kilinadi.Masalan: "Har bir inson baxtli bo‘lishni xoxlaydi", "Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi".
Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi hakida fikr bildiriladi. Masalan: "Ba’zi faylasuflar notiqdir". "Ko‘pchilik talabalar dangasa emas". Juz’iy hukmlarda "ba’zi"suzi "hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi" degan ma’noda qo‘llaniladi.