Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Tushunchaning turlari va tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə42/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Tushunchaning turlari va tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar. Tushuncha – predmet va hodisalarni ularning umumiy, muhim belgilari orqali ya aks yettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Belgilar muhim yoki nomuhim bo‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‘lishi bilish vazifasiga va u bilan bog‘liq ravishda bizning predmetga qaysi jihatidan yondashishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining individual layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun u darajada muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, obektiv muhim belgilaridan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.
Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan, «G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen yetim emassan» sherining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida yetibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo‘lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan maxsus belgilar bo‘lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu manoda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini inikos qilishi, mohiyatini aks yettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‘laroq, inson miyasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etmaydi. U malum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash tahlilni taqozo qiladi. Chunki, predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak.
Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.
Sintez tahlilga teskari usul bo‘lib, u tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni fikran bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa, predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir.
Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», «falsafa yo‘nalishi» va shu kabilar so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, bazan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
Shuni ham aytish lozimki, so‘zning ko‘p manoga ega bo‘lishi bazan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qatiy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil manoda ishlatiladi.
Tushunchani ta’riflash. Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, yani uning amaliyot bilan aloqada yekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obektiv mazmunga ega bilimlar tizimidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Mantiqda bazan tushuncha alohida mantiqiy shakl deb emas, hukmning tarkibiy elementi sifatida olib qaraladi. Xususan Koen va Nagellar ana shunday yo‘l tutishadi. Hukm (mulohaza) tarkibidagi tushunchalar terminlar deb atalgani uchun ana shu so‘zdan foydalanishadi. Terminni ikki xil jihatidan olib qarash mumkin: yo (faqat bitta azosi bo‘lgan) obektlar sinfi, yo berilgan obektlarga xos belgilar to‘plami deb aytiladi. Birinchi jihatida u denotatsiya yoki hajm,ikkinchi jihatida konnotatsiya yoki mazmun deb ataladi. Masalan, “faylasuf” terminining hajmini Fales, Sokrat, Platon va boshqalar tashkil esa, mazmunini “donishmandlikni sevuvchi”, “aqlli” kabi belgilar hosil qiladi
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‘lish belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin