Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Falsafa fan sifatida nimani o‘rganadi va nimani o‘rgatadi?

  2. Dunyoqarash nima?

  3. Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini tariflang.

  4. Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan asosiy farqi nimada?

  5. Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? ayting.

  6. Diniy dunyoqarash tushunchasi va uning asosiy funksiyalarini ta’riflab bering.

  7. Falsafiy muammolarning hozirgi kundagi ahamiyati va uning nazariy va amaliy yechimlarining mohiyati nimalarda namoyon bolmoqda?

  8. Falsafaning qanday yangi sohalarini bilasiz?

  9. Falsafiy bilimlar tizimi nimalardan iborat?

  10. Falsafaning asosiy funksiyalari va uning jamiyatdagi o‘rni qanday namoyon bo‘lmoqda?



2- МАВЗУ. БОРЛИҚ ФАЛСАФАСИ (ОНТОЛОГИЯ).
Reja:

  1. Borliq tushunchasi va uning shakllari.

  2. Falsafada substansiya va materiya muammosi.

  3. Harakat, rivojlanish, makon va vaqt tushunchalari, ularning o‘zaro dialektikasi.

  4. Tabiat falsafasi.

Tayanch so‘zlar: Ontologiya, borliq va yo‘qlik, mavjudlik, reallik, obʼektiv reallik, subʼektiv reallik, moddiy borliq, maʼnaviy borliq, inson borlig‘i, aktual borliq, potensial borliq, virtual borliq, sotsial borliq, substansiya, materiya, atribut, harakat, rivojlanish, makon, vaqt, mikrodunyo, makrodunyo, megadunyo, organiq tabiat, noorganiq tabiat, hayot muammosi, noosfera, ekologik muammolar.
Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon “borliq” va “yo‘qlik” haqida baxs yuritishgan. Xo‘sh, borliq nima? Ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog‘lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – obʼektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obʼektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada, ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan.
Borliq tushunchasi dunyo falsafiy manzarasining bosh tamoyili sifatida amal qiladi. Ayni shu tushuncha yordamida inson o‘zining dunyodagi o‘rnini anglab etishga harakat qiladi.
Borliqni falsafiy tushunishdan ko‘p sonli narsalar, jarayonlar, holatlar, strukturalar, tizimlarning barcha shakllarini o‘z ichiga olgan yaxlit bir butun dunyo haqidagi tasavvur kelib chiqadi. Borliq shakllarining rang-barangligi bu shakllarni birlashtiruvchi narsa bormi, butun Cheksiz rang-barang dunyoning birligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi, degan savolni o‘rtaga tashlashni nazarda tutadi.
Bunday birlik haqidagi g‘oya barcha mavjud narsalarning umumiy negizi to‘g‘risidagi tasavvurning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu tasavvurni belgilash uchun falsafada substansiya kategoriyasi qabul qilingan. Bu kategoriya o‘zini namoyon etuvchi narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning ichki birligini qayd etadi. Shunday qilib, substansiya nafaqat umumiy izchil tamoyil, balki faollik funksiyasi sifatida ham tushuniladi.
Borliq o‘ziga obʼektiv va subʼektiv reallikni, mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘ladigan olamlarni, moddiylik va maʼnaviylikni, o‘tmish va kelajakni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik – borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. Anʼanaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko‘rsatiladi. Ularga: tabiat borlig‘i, jamiyat borlig‘i, ong borlig‘i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Demak, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar: falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?, bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?, unga qanday falsafiy mano yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin