ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
3.Samadorlik nazariyasining asosiy mazmuni.Texnologik mashinalarning samadorlik nazariyasi.
Avtomat va avtomat liniyalarda ishlov beriladigan har qanday mahsulotni,
universal avtomatlashmagan dastgohlarda ham ishlov berilishi mumkin. Avtomatlashtirishdan maqsad mashinani unumdorligini oshirish va hizmat ko’rsatuvchi ishchilar sonini kamaytirish, natijasida avtomatlashmagan ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy samara olishdir. Avtomatning ish sikli. Avtomatlashtirilgan texnologik operatsiyalar, avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarishlarga nisbatan o’ziga xos harakterga ega bo’lib, avtomat dastgohda yoki yarim avtomatda bajariladigan har bir operatsiya to’liq va aniq tartib bo’yicha ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilmagan kam miqyosda yoki keng miqyosda mahsulot ishlab chiqarishda operatsion kartalarda amalda asosan operatsiyalarning asosiy harakatlarigina ko’rsatiladi (xomaki tayyorlash sxema bazasi, ishlov beriladigan yuzaga ishlov berish aniqligi, yuza g’adir-budurligi va boshqalar). Boshqa masalalar yechimi (ishlov berish ketma-ketligi, ishlov beruvchi asbobning bir ish yo’lidan bir aylanishdagi masofa qiymati, ishlov berish rejimi, abrazivni berilish soni, ishlov berish vaqti, masalan linzani silliqlashda va boshqalar) ishchi ihtiyoriga beriladi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish miqyosidan qat’iy nazar, texnologik operatsiyalar to’liq va aniq ishlab chiqilishi zarur. Shakl hosil qiluvchi asboblarning ketma-ket ishlashi, uning tezligi va harakat traektoriyasi, shpindelning zaruriy aylanish chastotasi va boshqalar aniqlanishi shart va zarur. Ushbu ma’lumotlar jamlanmasi ma’lum detalga ishlov berish uchun avtomatni dastursini tashkil etadi. Ushbu dasturlar zaruriy obrazda qayta ishlab chiqilgan, kodlangan va dastur uzatgichda mustahkamlangan, bajariladigan operatsiyada avtomat ish siklini aniqlaydi. Har bir operatsiya uchun avtomatning o’z ish sikli mavjud. Bunda mexanizmlar ishining ketma-ketligi va ishlov berish
Sifati ishchiga bog’liq emas, barchasi dastur bo’yicha uning dastgoh ishchi
organlari, ish bajarish aniqligi, sozlash aniqligi va boshqa faktorlar bilan
aniqlanadi.
Avtomat ish sikli tarkibini, oddiy mayda ishlov berish sikllarini ketma-
ketligi va davomiyligini tasvirlovchi shartli grafik tasvir, ya’ni siklogrammadan
ko’rishimiz mumkin. Amaliyotda ikki turdagi siklogramma: aylanma (polyar
koordinatalarda) va to’g’ri burchaqli (to’g’ri burchaqli koordinatalarda)
foydalaniladi. Aylanma faqat taqsimlash vali mavjud bo’lgan avtomatda
foydalaniladi. To’g’ri burchaqli esa universal bo’lib, uning ishtirokida har qanday
avtomat, avtomatik tizim ishini yo’lga qo’yish mumkin.
To’g’ri burchaqli siklogrammalarda asosiy maydonda (o’ngda) gorizontal
o’q bo’yicha sekundlarda vaqt joylashgan. Ushbu maydon shkalasi uzunligi
operatsiya’ni bajarish sikli davomiyligiga mos keladi. Siklogramma vertikal
bo’yicha oddiy sikllar soniga to’g’ri keluvchi bir qator bo’limlarga ajratiladi. Har
bir bo’lim chap tomonida ishchi organ nomi yoziladi, o’ng tomonida esa ushbu
organ oddiy sikli ifoda etiladi. Oddiy siklni tasvir etish uchun shartli belgilardan
foydalanish mumkin, yoki grafikdan. Keyingisida vertikal bo’yicha ma’lum
masshtabda ishchi organ siljishi qo’yiladi.
Rotorli mashinaning unumdorligi texnologik tezlik
v =tex ga, ya’ni
operatsiya’ni bajarilish davomiyligiga bog’liq emas, faqat shakl beruvchi asboblar
orasidagi masofa h, rotorlar o’lchami bilan aniqlanad igan transportlovchi tezlik va
uning aylanish chastotasiga bog’liq. Rotorli mashinaning ushbu ahamiyatiga molik
xossasi turli davomiylikka ega bo’lgan operatsiyalarni uzluksiz avtomatik tizimga
biriktirishga imkon beradi.
Rotorli mashinalar asosida avtomatik rotorli tizimni hosil qilish nisbatan
avtomatlashtirishga nisbatan kompleks texnologik jarayonlarni, ya’ni detallarga
mexaniq va termik ishlov berish, nazorat va yig’ishni o’z ichiga olgan va tashkil
etish oson amalga oshiriladi.
Unumdorlik nazariyasi asosini mashinani unumdorlik ko’rsatgichlari va
dastgohhni konstruktiv, texnologik, strukturaviy, qiymati va boshqa ko’rsatgichlari
orasidagi bog’lanishni aniqlovchi tenglama tashkil qiladi. Shu sababli unumdorlik
nazariyasi uslublari nafaqat mashinani unumdorligi miqdorini aniqlash va uni
qo’llashdan olingan samarani hisoblash bilan bog’liq, balki avtomatlashtirilgan
dastgohlarni bo’lishi mumkin bo’lgan har xil variantlarini taxlil qilish hamda eng
ko’p unumdorlik va iqtisodiy samarani aniqlashga imkoniyatini beradigan, maqvul
variantni parametrlarini aniqlash uchun hizmat qiladi.
Umuman olganda mashinalar sinfini uchta asosiy sinnfga: bir turdagi
energiya’ni boshqa turga aylantiruvchi mashina dvigatellari (elektrodvigatellar,
generatorlar, trubinalar, ichki yonish dvigatellari va boshqalar); ma’lumotlarni
aylantirishga hizmat qiluvchi hisoblash mashinalari (sonli va analogli hisoblash
mashinalari), va energiya’ni konkret ishga aylantiruvchi ishchi mashinalarga
ajratish mumkin. Ishchi mashinalar yordamida detallarni formasi, hususiyati, holati
va ishlov berish ob’ektining ko’rinishlari ishlab chiqariladi. Har qanday ishchi
mashinasi dvigatel’, uzatish va ish bajaruvchi mexanizmlardan iborat bo’ladi. Har
qanday mashinani asosini ish bajaruvchi mexanizmlar tashkil etadi. Ularning
tarkibi mashinalar nomlarini (tokarlik dastgohi, har xil qurilmalar yordamida
texnologik jarayonlarni bajarish, pechatlovchi mashina va boshqalar), texnologik
sharoit va universallik darajasini aniqlash imkonini beradi. Har qanday mashinada
ishlov berish jarayoni insonni ishtirokisiz amalga oshiriladi, ammo ishlov berish
jaryonidagi ish qurolini mashinani o’zi boshqaradi.