Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə22/148
tarix24.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#160783
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Yana qanday muzeylar haqida bilasiz?
Ozbekistondagi muzeylar
O‘zbekistonda muzeylarni yangi tarixi 1992-yildan boshlandi va shu yilning o‘zida juda ko‘plab yangi muzeylar tashkil etildi masalan buyuk o‘zbek shoirlaridan biri Boborahim Mashrabning muzeyi Namanganda tashkil etildi, yana Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomi bilan ataluvchi maqomchilar muzeyi, Urganch shahrida “Xorazm amaliy san’ati va tarixi“ muzeyi, Buxoroda „Temirchlik muzeyi“, Samarqand viloyatida xalq kuychisi (baxshisi) Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy muzeyi tashkil etildi[1]. Keyinchalik 1993-yilda ham bir nechta muzeylar o‘z ishlarini yo‘lga qo‘ydilar, ular orasida Toshkentda ochilgan O‘zbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayol Xadicha Sulaymonova muzeyi, mashhur raqqosa Mukkarramaxonim Turg‘unboyeva muzeyi, mashhur cho‘pon, mehnat qahramoni Jonboy Bashmanov muzeyi Navoiyning Tomdi tumanida tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston gidrometerologiya muzeyi, Salim Hamidovning uy muzeyi 1997-yilda tashkil etildi[2]. E’tiborga loyiq voqealardan biri 1996-yil 1-sentabrda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon shuhrati muzeyi ochilishi bo‘ldi, bu muzey O‘zbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida ko‘plab ma’lumotlar beradi. O‘zbekistonda muzeylar rivojiga 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risidagi“ qonun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, shundan keyin muzeylar davlat muhofazasiga olindi va muzeylarni yanada rivojlantirish haqida dastur ishlab chiqildi va ular davlat budjeti tomonidan qo‘llab quvvatlandi. 1998-yilda O‘zbekmuzey tashkiloti tashkil etildi va 1999-yilda muzeylar hayotidan xabar beruvchiMoziydan sado jurnali tashkil etildi. Bu jurnal uch tilda O‘zbek, Rus va Ingiliz tilida chop etila boshlandi. 1999-yilda O‘zbekistonda davlat tasarrufidagi muzeylar soni 81 taga yetdi, ulardan 15 tasi tarix muzeyi, o‘lkashunoslik muzeylari soni 23 tani va 10 ta badiiy muzeylar, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylarini tashkil etildi. O‘zbekistondagi 10 ta yirik shahar tarixiy shaharlar ro‘yxatga olingan hisoblanadi masalan: Buxoro, Samarqand, Xorazm,Qo‘qon va boshqalar. Ayniqsa, Samarqand juda ham tarixiy obidalarga boy shahar hisoblanib har yili juda ko‘p xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.
Hozirda O‘zbekiston madaniyat vazirligi tasarrufidagi muzeylar 1 350 ming eksponatga ega.


Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin