Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi. Atamalar – ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlardir. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llaniladi. Masalan, teorema, sinus, tenglama, kasr, integral.
Atamalar va kasb-hunarga xos leksika So‘zlar atamalarga hamda kasb-hunarga xos so‘zlarga bo‘linadi. Atamalar ma’lum bir fanga oid bo‘lib, shu sohaga tegishli so‘larni tashkil etadi. Ma’lum bir kasb-hunarga oid so‘zlar ham majudki, ular asosan shu kasbning so‘zlari hisoblanadi.
Masalan, tikuvchilikka oid so‘zlar – igna, qaychi, ip, andoza, chok, angishvona, astar.
Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.
So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;
ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillarda o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;
kasb-hunar so‘zlari va atamalarining o‘rinsiz takroalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.