Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Ilmiy-uslubiy va texnik Kengash raisi



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə2/148
tarix24.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#160783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Ilmiy-uslubiy va texnik Kengash raisi ____________ Xoliqulov D.B.
Ilmiy-uslubiy va texnik Kengash kotibasi_______Abdug’aniyeva Yu.Sh.

MUNDARIJA



1

Amaliy mashg’ulotlar

3-118

2

Mustqil ta’lim mashg’ulotlari

119-121

3

Glossariy

122-126

4

Ilovalar







4.1. Fan dasturi

128-134




4.2. Ishchi fan dasturi

135-138




4.3. Tarqatma materiallar

139-141




4.4. Testlar

142-145




4.5. Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

146




4.6. Boshqa materiallar

147-148




4.6. O’quv-uslubiy majmuaning elektron varianti

1-149


KIRISH
O‘zbek tili fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua o‘quv jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi. O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, til o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv-uslubiy majmua nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”ga tola mos keladi.
Majmua birinchi o‘ringa asosiy mavzu sifatida nutqiy mavzularning qo‘yilishi bilan farqlanadi. Grammatik bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tili ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.
Majmuada har bir mashg‘ulot уchун matnlar, topshiriqlar, mashqlar, mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning ixtisosligiga ko‘ra belgilandi.



  1. Yüklə 2,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin