1-mavzu: O’zbekiston – yagona Vatan. REJA: Fonetika. Orfoepiya qoidalari. O’zbek tilida tovushlar talaffuzi.
“O‘zbеkistоn” matnini o’qish, matndagi atama va iboralarning ma’nosini izohlash
Vatan mavzusidagi maqollarni sharhlash.
Topshiriqlar va testlarni bajarish
Fonetika (yunoncha fone - “tovush”) – tilshunoslikning nutq tovushlarini o’rganuvchi bo’limi bo’lib, nutqimizdagi tovushlarning paydo bo’lishi, shakllanishi va tuzilishi haqida ma’lumot beradi.
Nutq tovushlari – nutq a’zolari yordamida hosil bo’luvchi tovushlardir. Tarkibidagi shovqin va ovoz miqdoriga ko’ra nutq tovushlari unli va undoshlarga bo’linadi.
Unli tovushlar faqat ovozdan iborat bo’lib, talaffuzda to’siqqa uchramaydi. Bular: A, O, I, U, O’, E. Undosh tovushlarning tarkibi ovoz va shovqindan iborat bo’lib, talaffuzda to’siqqa uchraydi. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor: B, V, G, D, J (jurnal, jirafa), J(jo’ja, jiyda, jizza), Z, Y, K, L, M, N, NG, P, R, S, T, F, X, SH, CH, G’, H.
Bo’g’in – bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar yig’indisi. Bo’g’in ko’chirish va bo’g’in ajratish hodisalarini farqlash lozim. Bo’g’inga ajratish fonetik hodisa bo’lib, unda so’z talaffuzidagi havo zarblari asosida ajratiladi. Bo’g’inning asosini unli tovush tashkil qiladi. O’zbek tilida bo’g’inning quyidagi shakllari mavjud:
bir unlidan iborat bo’g’in: o-na, a-ka, u-ka
bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in: bo-la, sha-kar
ikka undosh va bir unlidan iborat bo’g’in: mak-tab, daf-tar
uch undosh va bir unlidan iborat bo’g’in: port-lash, g’isht-li
to’rt undosh va bir unlidan iborat bo’g’in: trans-port, sport-chi
So’zning qanday tovush bilan tugashiga ko’ra bo’g’inlar ikki turga bo’linadi:
Ochiq bo’g’in – unli bilan tugagan bo’g’in: bo-la, a-ra-va Yopiq bo’g’in – undosh bilan tugagan bo’g’in: mak-tab, daf-tar, is-siq. Bo’g’inga ajratish: tar-bi-ya Bo’g’inga ko’chirish: tar-biya (bitta tovush bo’g’inga ajraladi lekin ko’chirilmaydi)
Orfoepiya (yunoncha orthos - "to‘g‘ri" epos-"nutq" demakdir) adabiy talaffuz qoidalari to‘plami bo‘lib, u milliy til doirasida yagona talaffuz me’yorini belgilaydi. Shunga ko‘ra, orfoepiya adabiy tilning og‘zaki shakli bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla-nadi: 1) qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j talaffuz qilinadi: yo‘q //jo‘q, yigit//jigit; adabiy tildagi g‘ o‘rnida v undoshi aytiladi: tog‘//tov sog‘//sov; so‘z oxirida k, q undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti; 2) o‘g‘uz lahjasida esa so‘z boshida keladigan t, kjarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‘//dag‘, kel//gal kabi; 3) qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasining o‘ziga xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi q undoshning g‘tarzida aytilishi, ba’zan tushirilishida kuzatiladi: qovoq//qovog‘, shuningdek, bu lahjada a unlisining o tovushiga o‘zgartirilishi ham kuzatiladi: aka//oka kabi.
O‘zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy tilning talaffuz me’yoriga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shunday nutqiy tafovutlarni bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga muvofiq so‘z shakllarini tanlagan holda qoidalashtirish orfoepiyaning muhim vazifalaridandir.
Albatta, orfoepiya boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzini ham qamrab oladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning orfoepiya qonun-qoidalariga mos ravishda talaffuz qilinishi qoidalashtirilgan. Masalan, fabrika, fakt so‘zlari pabrika, pakttarzda aytilsa ham, ular asliga muvofiq talaffuz qilinishi lozim.
Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi asosida yaratiladi. Bu esa orfoepik me’yorlarni belgilashda tovush tizimi, uning nutqiy jarayonda turlicha o‘zgarishini hisobga olishni taqozo etadi.