Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə20/148
tarix24.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#160783
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi: 
1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar. 
2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradiMasalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovundor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqfik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. 
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yokikimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Muhiddinova X. Salisheva Z.I. O‘zbek tili (Oliy o‘quv yurti rus guruhi talabalari uchun darslik). T., O‘qituvchi. 2012.


2. Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
3. Normatova Sh., Abdurahmonova M. O‘zbek tili. T., JIDU, 2014.
4. Husanov N., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili. Toshkent: TMI, 2017.
5. Yuldasheva Sh.,Kabulova D.,Sobirova M. O‘zbek tili. Nukus: Bilim, 2013
6-MAVZU: MUZEYLAR – OTMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO‘PRIK
REJA:

  • Jahonning mashhur muzeylari haqida qiziqarli ma’lumotlar tayyorlash.

  • Soha muzeyi haqida matn tuzish.

  • Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi.




Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin