Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə99/148
tarix24.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#160783
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   148
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1-topshiriq. Savollarga javob yozing.

  1. O’rta Osiyoda X asrda hujjatlar qaysi tilda yozilgan?

  2. Qadimda hujjatlar qanday narsalarga yozilgan?

  3. O’rxun–Enasoy bitiktoshlaridagi yodnomlar hujjjat hisoblanadimi?

  4. O’rta Osiyoda qaysi davrlarda o’zbek (turkiy) tilda ish yuritish yo’lga qo’yilgan?

  5. O’zbek tilidagi hujjat namunalari keltirilgan qanday tarixiy va badiiy asarlarni bilasiz?

Hujjat rasmiy uslubda yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat standart talablariga javob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi kerak. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan yana biri – xolislik. Bu talablarga javob bermaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.


Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”;
2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”;
5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:.
1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;
2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “... qaroriga muvofiq ravishda . . .”
3) “.. . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k.
O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari, bunday qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi ham bir qadar yengillashadi.Ana shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko‘ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin